Abu Oqil Labid ibn Rabi’a ibn Molik al-Amiriy (;  — ) — yuqori Najddan chiqqan arab shoiri hamda islom payg‘ambari Muhammadning sahobasi.

Labid Havozin qabilasining bir boʻlagi boʻlgan Bani Amir urugʻiga mansub edi. Yoshligida u faol jangchi boʻlgan. U, asosan, qabilalararo nizolarga bagʻishlab sheʼrlar yozgan. Keyinchalik u kasal boʻlib qolgan amakisining topshirigʻi bilan Madinaga paygʻambar Muhammadning huzuriga davo topish uchun yuborilgan. Shu safar davomida u Qurʼonning eng qisqa suralaridan boʻlgan Kavsar surasidan juda taʼsirlangan va oradan koʻp oʻtmay islomni qabul qilgan. Uning sheʼrlaridan biri mashhur Mu’allaqot toʻplamiga kiritilgan.

Manbalar

Havolalar

Islomdan oldingi Arabistonda Alloh tushunchasi oliy xudo sifatida

Turkum:560-yilda tugʻilganlar Turkum:661-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar