Soat minorasi muzeyi — Makka shahridagi Makka qirollik soat minorasining yuqori toʻrt qavatini egallagan muzey boʻlib, Saudiya Arabistonida joylashgan. Makkadagi eng baland nuqtada joylashgan muzeyni notijorat tashkilot boʻlgan, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan tashkil etilgan Misk jamg‘armasi boshqaradi.
Boʻlimlar Muzey 2019-yil may oyida tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan. Unda har bir qavati alohida mavzuni ifoda etuvchi toʻrt qavat mavjud. Birinchi qavatda Makka minorasi, uning meʼmoriy va konstruktiv loyihasi va ishlab chiqish bosqichlari hujjatlashtirilgan. Ikkinchi qavatda qadim zamonlarda qoʻllangan vaqt oʻlchovlari namoyish etiladi. Uchinchi qavatda quyosh, oy va Yer oʻtmishda hayot va faoliyatni tartibga solish uchun qanday ishlatilgani tushuntiriladi. Toʻrtinchi qavatda esa koinot va sayyoralar tafsilotlari tasvirlanadi. Shuningdek, Masjid al-Haromning panoramali manzarasiga ega balkon ham mavjud.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi muzeylar