Bob Benny (asl ismi Emilius Wagemans; 1926-yil 18-may — 2011-yil 29-mart) — belgiyalik xonanda va musiqali teatr aktyori.

U Belgiya nomidan „Eurovision-1959“ va „Eurovision-1961“ tanlovlarida ishtirok etgan.

Yoshligi Bob Benny xonandalik faoliyatini Ikkinchi Jahon urushi yakunida boshlagan. U muntazam ravishda Sint-Niklaas shahridagi kafelardan birida chiqish qilib turgan. 1950-yillarning boshlariga kelib, u radioda muntazam ravishda eshittirishlarda qatnashgan va oʻzining ilk albomi — „Mijn hart spreekt tot u“ni chiqargan. 1957-yilda esa uning „Cindy, Oh Cindy“ qoʻshigʻi ilk katta muvaffaqiyatiga aylangan. Ushbu singl Belgiya musiqiy chartida 2-oʻringacha koʻtarilgan.

Eurovision Bob Benny „Hou toch van mij“ („Meni seving“) qoʻshigʻi bilan Belgiyaning vakili sifatida 1959-yil 11-mart kuni Fransiyaning Cannes shahrida boʻlib oʻtgan toʻrtinchi „Eurovision qoʻshiq tanlovi“da ishtirok etish uchun tanlanganEurovision Song Contest National Finals database – 1959. „Hou toch van mij“ qoʻshigʻi tanlovda qatnashgan boshqa 10 mamlakatdan 5 tasidan ovoz olib, yakunda 6-oʻrinni egallagan"Hou toch van mij" at diggiloo.net.

Benny yana Belgiya vakili sifatida „September, gouden roos“ („Sentyabr, oltin atirgul“) qoʻshigʻi bilan 1961-yil 18-mart kuni yana Cannes shahrida oʻtkazilgan oltinchi „Eurovision tanlovi“da qatnashganEurovision Song Contest National Finals database – 1961. Bu safar tanlov ishtirokchilari soni 16 taga yetgan boʻlsa-da, „September, gouden roos“ faqat Luxembourgdan 1 ball olgan. Natijada Benny Jimmy Makulis (Avstriya) bilan birgalikda soʻnggi oʻrinni boʻlishib olgan"September, gouden roos" at diggiloo.net.

Oʻlimi 2011-yil 29-mart kuni Flamand jamoat teleradiokompaniyasi Vlaamse Radio-en Televisieomroep (VRT) Bob Bennyning Sint-Niklaas shahridagi qariyalar uyida vafot etganini ma’lum qilgan.

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Sint-Niklaasda tugʻilganlar Turkum:Sint-Niklaasda vafot etganlar