Sariyya ibn Zanim (), shuningdek, Sariya al-Jabal nomi bilan ham tanilgan, milodiy VI–VII asrlarda yashagan sahoba. Kinona qabilasidan boʻlib, islom paygʻambari Muhammadning vafotidan keyin Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattob davrida harbiy qoʻmondon sifatida xizmat qilgan.
Hayoti Nasabi va ismi Tarixchilarning soʻzlariga koʻra, uning kunyasi bilan birga toʻliq ismi Sariyya ibn Zanim ibn Amr ibn Abdulloh ibn Jobir ibn Mahmiya ibn Abd ibn Adiy ibn ad-Daʼil ibn Bakr ibn Abdumanot ibn Kinona boʻlib, uning nasabi Adnanlarga borib taqaladi. U, shuningdek, Sariya al-Jabal nomi bilan ham tanilgan.
Islomdan avval Islomdan avvalgi davrda Sariyya ibn Zanimning oʻrtacha yuguradigan otdan ham tez yugura oluvchi qaroqchi sifatida tanilgani aytiladi.
Islomni qabul qilishi Sariyya VII asrda islomni qabul qilgan. Ibn Hojar al-Asqaloniyning soʻzlariga koʻra, Sariyya jiyanining ham bu dinni qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan, chunki u Kinona qabilasi ichida hali musulmon boʻlmagan yagona kishi edi. Islom paygʻambari Muhammadning vafotidan keyin Sariyya Roshidun xalifaligi davrida bir qancha fathlarda ishtirok etgan va Umar ibn al-Xattob tomonidan Musulmonlarning Eronni Fath etishi yurishlariga harbiy qoʻmondon etib tayinlangan.
Sariyya va togʻ voqeasi Islomiy rivoyatlarga koʻra, bir kuni Umar ibn al-Xattob Madinadagi Paygʻambar masjidida xutba oʻqiyotganida toʻsatdan baland ovozda: „Yo Sariyya! Al-Jabal, al-Jabal! (Ey Sariyya! Togʻ, togʻ!)“ deb yuborgan. Umarning ovozi oʻsha paytda Forsda boʻlgan va Sosoniylar imperiyasiga qarshi Roshidun qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilayotgan Sariyyaning qulogʻiga chalinganal-Kāmil fīʾl-Tārīkh, ed. Abū l-Fidāʾ ʿAbdallāh al-Qāḍī (11 vols., Beirut: Dār al-kutub al-ʿilmiyya, 1987–2003). Sariyya va uning qoʻshini Umarning ovoziga quloq tutib, eng yaqin toqqa yoʻl olgan va dushman askarlarining hujumlarini qaytarishga, hatto ularni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Bu voqea hijratning 23-yilida sodir boʻlgan.
Maqbara
Sariyyaga nisbat beriladigan maqbara 1528-yilda Hadim Sulaymon posho tomonidan bunyod etilgan Sulaymon Posho masjidida joylashgan. Qabrni oʻrab turgan yoʻlaklar shiftida kema maketi osib qoʻyilgan. Ehtimol bu narsa qadimgi misrliklarning dafn marosimlari va urf-odatlariga ishora sifatida joylashtirilgan.
Yana qarang Sahobalar ro‘yxati
Manbalar
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:6-asr arab xalqlari Turkum:7-asr arab xalqlari Turkum:Sahobalar