Jonas Flodager Rasmussen (1985-yil 23-yanvarda tugʻilgan) Rasmussen sahna nomi bilan tanilgan daniyalik xonanda va aktyor. U 2018-yilda Portugaliyaning Lissabon shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2018“ tanlovida „Higher Ground“ qoʻshigʻi bilan Daniya sharafini himoya qilgan.
Yoshligi va shaxsiy hayoti Rasmussen Viborg shahrida tugʻilgan. U Langå shahrida rafiqasi va ikki farzandi bilan yashaydi. Rasmussen Orxus universitetida dramaturgiya va musiqa yoʻnalishida tahsil olgan hamda Viborg madaniyat maktabi qoshidagi ijrochilik sanʼati maktabida va Aarhus Theatre Learning tizimida oʻqituvchi sifatida ishlaydi.
Karyerasi Rasmussen 1980-yillar uslubidagi kover guruh — Hair Metal Heröesning yetakchi vokalisti hisoblanadi. Bu guruh Van Halen, Europe, Bon Jovi, Def Leppard va Scorpions kabi ijrochilarning qoʻshiqlarini ijro etadi. U shuningdek sahna aktyori sifatida ham faoliyat yuritib, Aarhus va Holstebro shaharlarida „West Side Story“, „Rent“ va „Les Misérables“ kabi musiqiy spektakllarda ishtirok etgan.
2018-yil yanvar oyida u „Higher Ground“ qoʻshigʻi bilan „Dansk Melodi Grand Prix 2018“ tanlovida ishtirok etishi eʼlon qilingan. Qoʻshiq 5-fevral kuni chiqarilgan. Rasmussen 10-fevralda ushbu tanlovda gʻolib chiqib, 12-may kuni Lissabonda oʻtkazilgan „Eurovision-2018“ tanlovida Daniya vakili sifatida ishtirok etgan va yakunda 226 ball bilan 9-oʻrinni egallagan.
Diskografiyasi Singllari Singl Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom DEN AUT BEL(FL)Tip FRA GER SCO SWE SWI UKDown. „Higher Ground“ 2018 9 49 43 65 88 38 29 43 34 rowspan="2" „Go Beyond“ 2019 — — — — — — — — — „Stand By Each Other“ 2021 — — — — — — — — — Manbalar
Turkum:Viborgda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar