Deborah (Debbie) Cameron (1958-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — bahamalik kelib chiqishga ega daniya-amerikalik xonanda. U musiqiy faoliyatini asosan Daniyada olib borganInformation about Debbie Cameron.
Cameron AQShning Florida shtatidagi Mayami shahrida tugʻilgan. Uning musiqiy faoliyati 1976-yilda Mayami universiteti musiqa maktabida „Eng istiqbolli talaba“ mukofotini qoʻlga kiritishi bilan boshlangan.1978-yilda u onasi Etta istiqomat qilayotgan Kopengagen shahriga koʻchib oʻtgan. 1979-yilda Tommy Seebachning „Disco Tango“ qoʻshigʻi bilan Isroilning Quddus shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-1979“ tanlovidagi chiqishida muhim orqa vokal ijrochilaridan biri boʻlgan. 1981-yilda u Tommy Seebach bilan duet tarzida „Krøller eller ej“ („Jingalak sochmi yoki yoʻq“) qoʻshigʻini ijro etib, Irlandiyaning Dublin shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-1981“ tanlovida Daniya sharafini himoya qilgan. Ular yakunda 41 ball toʻplab, 11-oʻrinni egallaganInformation about the song Krøller eller ej in the Eurovision Song Contest 1981.
Diskografiyasi Studiya albomlari Debbie CameronDebbie Cameron, Rate Your Music New York Date Be With Me Brief Encounter, Richard Boone bilan duet Debbie Cameron Maybe We, Buki Yamaz bilan birga
Singllari „Greenback Dollar“ / „I Donʼt Wanna See You Cry“Record Details, 45cat „Call Me Tonight“ „Game of My Life“ „You To Me Are Everything“ „Glad Thatʼs Itʼs Over“ „So-Le-La“ „Accepted By Society“ „Krøller eller ej“, Tommy Seebach bilan duet „Jeg en gård mig bygge vil“ (I want to build a Farm) „I See the Moon“ (AUS #72) „Stuck On You“ „Copenhagen“ „Sideshow“ „Boogie Woogie Rendez-Vous“
Soundtreklari Den Eneste Ene (The One and Only) uchun soundtrek Filmografiyasi U 1985-yilda suratga olingan „Hodja fra Pjor“ (nomli Daniya filmida ishtirok etgan. Shuningdek, 1993-yilda suratga olingan „De blå ulvene“ nomli Norvegiya filmida oʻzini oʻzi gavdalantirgan.
Manbalar
Turkum:Mayamida tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar