Mahjaʼ ibn Solih (; milodiy 624-yilda vafot etgan) — Banu Akk qabilasiga mansub boʻlgan sahoba. Badr jangida qatnashgan va rivoyatlarga koʻra, jangda halok boʻlgan ilk musulmon shaxs.
Hayoti Mahjaʼ ibn Solih yamanliklar naslidan boʻlgan. Musulmon olimi Ibn Hajar al-Asqaloniy uning yamanlik Banu Akk qabilasidan ekanini taʼkidlagan. Mahjaʼ Makkada boʻlganida Quraysh qabilasi tomonidan asirga olingan, ammo keyinchalik islomni qabul qilgan Umar ibn al-Xattob tomonidan ozod qilingan.
Vafoti Mahjaʼ ibn Solih Badr jangidagi musulmon jangchilari safida boʻlgan. U Amir ibn al-Hadramiy ismli mushrik tomonidan oʻldirilgan. Mahjaʼdan avlod qolmagan.
Merosi Mahjaʼ musulmonlar tomonidan Badr jangidagi shahid boʻlgan ilk musulmon shaxs sifatida eʼzozlanadi va yodga olinadi. U jang maydoniga tutash boʻlgan, hozirda jamoatchilik uchun ochiq boʻlmagan yer maydoniga dafn etilgan. Bugungi kunda Badr jangi boʻlib oʻtgan joy yaqinida shahid boʻlganlarning ismlari bitilgan yodgorlik qad rostlagan.
Manbalar
Turkum:624-yilda vafot etganlar Turkum:Badr jangida vafot etganlar Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar