Tengizchevroil — Chevron (konsorsiumdagi 50% ulush), ExxonMobil (25% ulush), QazMunayGaz (20% ulush) va Lukoil (5% ulush) ishtirokidagi qoʻshma korxona hisoblanadi. Ushbu qoʻshma korxona 1993-yil aprel oyida tashkil etilgan boʻlib, Qozogʻiston hukumati Tengizchevroil MChJ (TCO)ga Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Tengiz va Korolevskoe neft konlarini 40 yil davomida eksklyuziv ravishda oʻzlashtirish huquqini bergan.
Tarixi va faoliyati
1993-yilda Tengizchevroil Qozogʻiston davlat neft kompaniyasi (oʻsha paytdagi KazakhOil, hozirgi QazMunayGaz) va Amerikaning yirik neft kompaniyasi Chevron ishtirokida ikki tomonlama qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. 1996–1997-yillarda loyiha tarkibi kengayib, toʻrt kompaniyadan iborat konsortsiumga aylantirilgan. Bu jarayonda ExxonMobilning shoʻba korxonasi — ExxonMobil Kazakhstan Ventures hamda Lukoil va Atlantic Richfield (ARCO) oʻrtasidagi LukArco qoʻshma korxonasi tizimga qoʻshilib, mos ravishda 25% va 5% ulushga ega boʻlgan. 2000-yilda BP ARCO bilan qoʻshilganidan soʻng LukArco tarkibidagi 46% ulushni qoʻlga kiritib, biznes ishtirokchisiga aylangan. 2009-yil dekabr oyida BP oʻz ulushini Lukoilga sotdi va shundan soʻng LukArco toʻliq Lukoil nazoratiga oʻtganLukoil buys BP stake for $1.6 bln cash. 2014-yil yanvar oyida kompaniya 2013-yil davomida ishlab chiqarish hajmi rekord darajada oshib, 24,2 million tonnadan 27,1 million tonnaga yetganini maʼlum qilgan. 2019-yil oʻrtalarida BP Qozogʻistondagi faoliyatini qayta tiklashga qiziqish bildirdi va QazMunayGaz bilan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolagan. 2020-yilda esa tomonlar Qozogʻistonda uglevodorodlarni qidirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyuvchi bitimni tuzishgan. 2019-yilda kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi 30 million tonnaga yetdi. Korxonada 4 000 nafar xodim faoliyat yuritadi, ularning qariyb 95 foizi Qozog‘iston fuqarolaridir.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shirkatlari Turkum:Neft kompaniyalari