Tashabbuslar marafoni yoki (Yoshlar tashabbuslar marafoni) — Oʻzbekiston yoshlarning ijtimoiy faolligi, innovatsion gʻoyalari, tadbirkorlik tashabbuslari va ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi loyiha. Marafon Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etiladi.

Faoliyati Tashabbuslar marafoni 2026-yilda Yoshlar oyligi doirasida yoʻlga qoʻyilgan. Marafonning asosiy maqsadi yoshlarni taʼlim, fan, texnologiya, tadbirkorlik, madaniyat va sport sohalaridagi tashabbuslarga jalb qilishdan iborat. Loyiha Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi va bir oy davomida turli tadbirlar shaklida oʻtkaziladi. Marafon doirasida seminarlar, treninglar, mahorat darslari, uchrashuvlar, tanlovlar, startap taqdimotlari, sport va madaniy tadbirlar tashkil etiladi. Tadbirlar davomida yoshlarning tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanib, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga koʻmaklashiladi.

Tadbirlari 2026-yil iyun oyida „Tashabbuslar marafoni“ Oʻzbekistonning turli hududlarida oʻtkazildi. Yoshlar uchun quyidagi hududlarda tadbirkorlik, sunʼiy intellekt, startaplar, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik, robototexnika, ekologiya, sport va madaniyat yoʻnalishlarida turli tadbirlar tashkil etildi.

SanaHududManzil3-iyun 2026-yilXorazm viloyatiXiva shahri, „Lokomotiv“ istirohat bogʻi5-iyun 2026Qoraqalpogʻiston RespublikasiNukus shahri, Yoshlar markazi oldi maydoni7-iyun 2026Buxoro viloyatiBuxoro shahri, Somoniylar istirohat bogʻi8-iyun 2026Navoiy viloyatiNavoiy shahri, Yoshlar saylgohi10-iyun 2026Samarqand viloyatiSamarqand shahri, Yoshlar xiyoboni12-iyun 2026Surxondaryo viloyatiTermiz shahri, Sanʼat saroyi maydoni15-iyun 2026Qashqadaryo viloyatiShahrisabz shahri, Oqsaroy maydoni

Manbalar