Raʼno ( — goʻzal, zebo; l.m. yengiltak, mulohazasiz; oʻylamasdan qilingan) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Raʼno Abdullayeva — tarixchi olima, taniqli jamoat va siyosat arbobi; Raʼno Abdusamatova — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchi (1995-yil); Raʼno Kubayeva — oʻzbekistonlik aktrisa, rejissyor, ssenariychi va prodyuser; Raʼno Maʼrufova — OʻzFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining ilmiy kutubxonachisi, kutubxonachilik faoliyatini tizimlashtirish borasida samarali ishlarni amalga oshirgan oʻz kasbining ustasi; Raʼno Nizomova — raqqosa, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq ar-tisti (1974); Raʼno Otaboyeva — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999); Raʼno Shodiyeva — oʻzbek aktrisasi; Raʼno Turdiboyeva — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent; Raʼno Ubaydullayeva — iqtisodchi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1981); Raʼno Yarasheva — oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekiston xalq artisti, Qoraqalpogʻiston respublikasida xizmat koʻrsatgan artist; Raʼno Zokirova — oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist; Raʼnojon Zaripova — oʻzbekistonlik Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist; Raʼnoxon Omonova — oʻzbek suzuvchisi, Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Xalqaro sport ustasi; Raʼnoxon Qahhorova — oʻzbekistonlik oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2004).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari