Juan Cruz Gill (1983-yil 18-iyulda tugʻilgan) — argentinalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

Gill professional faoliyatini 2004-yilgi mavsumda Argentina Primera divizionining „Talleres de Córdoba“ jamoasida boshlagan. Uning ilk uchrashuvi 2004-yil 20-iyun kuni „River Plate“ga qarshi oʻtib, unda jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozongan. Kordoba jamoasi safidagi toʻrt mavsumdan soʻng, Cruz Gill Chili Primera divizioni ishtirokchisi „Deportes Melipilla“ klubiga koʻchib oʻtgan va u yerdagi faoliyati ancha muvaffaqiyatli kechgan. Biroq, shunga qaramay, uning klubi ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2009-yil yanvar oyida u 2008–09-yilgi mavsumda Kipr Ikkinchi divizioni chempioni boʻlgan Kiprning „Ermis Aradippu“ klubi safiga qoʻshildi.

2011-yilda u Venesuelaning „Estudiantes de Merida“ klubiga oʻtgan. Keyingi yili Gill Chiliga qaytib, Primera B ligasi jaishtirokchisi „Unión Temuco“ klubiga qoʻshilgan.

2015-yilning ikkinchi yarmida Gill Maltaga koʻchib oʻtgan va „Valletta“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2020-yil 28-iyulda Gill „Lija Athletic“ bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 23-iyun kuni esa Gill Malta Chellenj ligasi jamoasi „Marsaxlokk“ bilan shartnoma tuzgan.

Shaxsiy hayot

Gill ota-bobolari tufayli Italiya fuqaroligini ham olgan.

Murabbiylik faoliyati

Gill nafaqaga chiqqanidan soʻng, murabbiylik faoliyatini Maltada boshlagan. 2024-yil avgust oyida u Janubiy Amerikaga qaytib, „Alianza Lima“ klubida Mariano Sosoning murabbiylar shtabiga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshilgan.

Yutuqlar

Futbolchi

Ermis Aradippou

Kipr Ikkinchi Divizioni gʻolibi (1): 2008–09

Valletta

Malta Premyer-ligasi gʻolibi (3): 2015–16, 2017–18, 2018–19 Malta Kubogi sohibi (1): 2017–18

Manbalar

Havolalar

Juan Cruz Gill Football-lineups. saytida Juan Cruz Gill rasmiy sayti

Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Argentine Primera División futbolchilari Turkum:Primera Nacional futbolchilari Turkum:Talleres de Córdoba futbolchilari Turkum:Chili Primera Divizioni futbolchilari Turkum:Deportes Melipilla futbolchilari Turkum:Kipr birinchi dvizioni futbolchilari Turkum:Ermis Aradippou FC futbolchilari Turkum:Venesuela Birinchi Divizioni futbolchilari Turkum:Estudiantes de Mérida F.C. futbolchilari Turkum:Chili Primera B futbolchilari Turkum:Unión Temuco futbolchilari Turkum:Deportes Temuco futbolchilari Turkum:Deportes Iberia futbolchilari Turkum:Malta Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Valletta F.C. futbolchilari Turkum:Tarxien Rainbows F.C. futbolchilari Turkum:Sliema Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Lija Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Malta Challenge ligasi futbolchilari Turkum:Marsaxlokk F.C. futbolchilari Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chilidagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Kiprdagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Venesueladagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Maltadagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Chilidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Venesueladagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Maltadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik futbol murabbiylar Turkum:Argentinalik muhojir futbol murabbiylar Turkum:Valletta F.C. murabbiylari Turkum:Malta Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Maltadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Perudagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:21-asrdagi Argentinalik sportchilar Turkum:Neftchi klubiga aloqador shaxslar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar