Misr milliy futbol terma jamoasi — „Fir’avnlar“ laqabli Misr milliy futbol terma jamoasi erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbolda Misr sharafini himoya qiladi va mamlakat futbolining boshqaruv organi boʻlgan Misr futbol assotsiatsiyasi (MFA) tomonidan boshqariladi. Jamoa 1923-yildan beri FIFA aʼzosi va 1957-yilda CAFning taʼsischi aʼzolaridan biri boʻlgan.

Misr terma jamoasi Afrika futboli tarixidagi eng qadimgi va eng sovrindor jamoa hisoblanadi. Jamoa rekord darajada 7 marta Afrika Millatlar Kubogini qoʻlga kiritgan va 10 marta finalga chiqqan. Jamoa 2006, 2008 va 2010-yillarda ketma-ket uch marta kubokni yutgan boʻlib, bu boshqa hech bir jamoa erisha olmagan yutuqdir. Xalqaro maydonda Misr Yevropa va Amerika qitʼalaridan tashqarida Olimpiya oʻyinlari va FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan dunyodagi birinchi davlatdir. Misrliklar 13 marta Olimpiada oʻyinlariga (bu Afrika rekordi) hamda 4 marta Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Misrning futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlaridagi ilk ishtiroki 1920-yilda Antverpenda boʻlib oʻtgan. Ularning Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki 1930-yilga rejalashtirilgan edi, biroq jamoa boʻron sababli safarga chiqa olmagan, shuning uchun debyuti 1934-yilgi musobaqaga toʻgʻri kelgan.

Misr uchta Olimpiadada 4-oʻrinni egallagan: 1928-yil Amsterdam, 1964-yil Tokio va 2024-yil Parijda. Shuningdek, misrliklar yana beshta Olimpiadada futbol boʻyicha chorak finalgacha yetib borgan. Bundan tashqari, Misr 2001-yilda Argentinada oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2010-yilda esa mamlakat FIFA jahon reytingida 9-oʻringa koʻtarildi. Bu yil Misr uchun juda omadli kelgan boʻlib, jamoa 2010-yilgi Afrika Millatlar Kubogida gʻolib chiqqan va FIFA Konfederatsiyalar Kubogida jahon chempioni Italiyani magʻlub etgan edi.

Murabbiylar shtabi

Lavozim Ism Bosh murabbiy Hossam Hassan Murabbiy yordamchisi Mohamed Abdel Wahed Texnik direktor Alaa Nabil Jamoa direktori Ibrahim Hassan Katta murabbiy Tarek Soliman Darvozabonlar murabbiyi Saafan El-Sagheer Fitnes murabbiy Manuel Barrionuevo Unumdorlik tahlilchisi Mahmoud Seleem

Murabbiylik tarixi

Hussein Hegazi (1920–1924) James McCrae (1934–36) Tewfik Abdullah (1940–1944) Eric Keen (1947–1948) Edward Jones (1949–1952) National Committee (1953–1954) Ljubiša Broćić (1954–1955) Mourad Fahmy (1955–1957) Mohamed El-Guindi and Hanafy Bastan (1958, 1962) Pál Titkos (1959–1961) Fouad Ahmed Sedki (1963) Branko Horvatek (1963–1964) Andrija Pflander (1964–1965) Dimitri Tadić (1965) Andrija Kovač (1965) Sándor Kapocsi (1965–1967) Saleh El Wahsh and Kamal El Sabagh (1968–1970) Dettmar Cramer (1971–1974) Burkhard Pape (1975–1977) Dušan Nenković (1977–1978) Taha Ismail (1978, 1994) Bundzsák Dezso (1979) Fouad Sedki (1980) Abdel Monem El Hajj (1980) Hamada El Sharqawy (1980) Karl-Heinz Heddergott (1982–1984) Saleh El Wahsh (1984) Mike Smith (1985–1988) Mahmoud El Gohary (1988–1990, 1992, 1997–1999, 2000–2002) Hany Moustafa (1990) Dietrich Weise (1990–1991) Mahmoud Saad (1992) Mohamed Shehta (1993) Mircea Rădulescu (1993–1994) Nol de Ruiter (1994–1995) Mohsen Saleh (1995, 2002–2004) Ruud Krol (1996) Farouk Gaafar (1996–1997) Gerard Gili (1999–2000) Marco Tardelli (2004–2005) Hassan Shehata (2005–2011) Bob Bradley (2011–2013) Shawky Gharieb (2013–2014) Héctor Cúper (2015–2018) Javier Aguirre (2018–2019) Hossam El Badry (2019–2021) Carlos Queiroz (2021–2022) Ehab Galal (2022) Rui Vitória (2022–2024) Hossam Hassan (2024–hozirgacha)

Rekordlar

Qalin harflar bilan belgilangan futbolchilar hozirda ham Misr terma jamoasi safida toʻp surmoqda.

Eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar

№FutbolchiOʻyinlarGollarFaoliyat davri 1 Ahmed Hassan 184 33 2 Hossam Hassan 176 69 1985–2006 3 Essam El Hadary 159 0 1996–2018 4 Ahmed Fathy 136 3 2002–2021 5 Ibrahim Hassan 131 17 1988–2002 6 Hany Ramzy 123 3 1988–2003 7 Mohamed Salah 121 68 2011–hozirgacha 8 Wael Gomaa 114 1 2001–20139 Ahmed El Kass 112 25 1987–1997 Abdel Zaher El Saka 112 4 1997–2010

Eng koʻp gol urganlar

№FutbolchiGollarOʻyinlarOʻrtachaFaoliyat davri 1 Hossam Hassan (roʻyxat) 69 176 2 Mohamed Salah 68 121 2011–hozirgacha 3 Hassan El Shazly 49 64 0.77 1961–1975 4 El-Sayed El-Dhizui 41 50 0.82 1948–1960 5 Mohamed Abou Trika 38 100 2001–2013 6 Ahmed Hassan 33 184 1995–2012 7 Amr Zaki 30 63 2004–2013 8 Emad Moteab 28 70 2004–20159 Badawi Abdel Fattah 27 27 1.0 1960–1966 10 Moustafa Reyadh 26 66 1962–1972

Yutuqlar

Qitʼalararo Afro-Osiyo Millatlar Kubogi Ikkinchi oʻrin (2): 1987, 2007

Qitʼaviy CAF Afrika Millatlar Kubogi Chempion (7): 1957, 1959, 1986, 1998, 2006, 2008, 2010 Ikkinchi oʻrin (3): 1962, 2017, 2021 Uchinchi oʻrin (3): 1963, 1970, 1974 Afrika oʻyinlari Oltin medal (1): 1987,1995 Bronza medal (1): 1973

Mintaqaviy Arabofon Kubogi Champions (1): 1992 Uchinchi oʻrin (1): 1988 Arabofon oʻyinlari Oltin medal (4): 1953, 1965, 1992, 2007 Kumush medal (1): 1961 Falastin Millatlar Kubogi Chempion (2): 1972, 1975 Oʻrta yer dengizi oʻyinlari Oltin medal (1): 1955 Kumush Medal (1): 1951 Bronza Medal (1): 1983 Oʻrta yer dengizi Kubogi Uchinchi oʻrin (2): 1949, 1950–53

Oʻrtoqlik musobaqalari Nil havzasi turniri (1): 2011 LG kubogi (1): 2005 Doʻstlik turniri (1): 1994 Koreya kubogi (1): 1993 Misr poytaxti kubogi (1): 2026

Sovrinlar Afrikada yilning eng yaxshi terma jamoasi (3): 1998, 2008, 2017 Afrika Millatlar kubogining „Halol oʻyin uchun“ sovrini (1): 2017

Umumiy xulosa Musobaqa JamiCAF Afrika Millatlar Kubogi73313Afrika-Osiyo Millatlar kubogi0202Jami75315

Yana qarang

Misr milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha) (Olimpiya futbol jamoasi) Misr milliy futbol terma jamoasi (20 yoshgacha) Misr milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha) Misr ayollar milliy futbol terma jamoasi Misrda futbol

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Misr CAF saytida Misr FIFA saytida

Turkum:Misrda futbol Turkum:Afrika milliy futbol terma jamoalari Turkum:Afrika Millatlar Kubogi gʻolib mamlakatlari