Yéremy Jesús Pino Santos (2002-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubi va Ispaniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki vinger sifatida oʻynaydi.

Pino „Villarreal“ akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2020-yilda asosiy jamoada debyut qilgan va „Villarreal“ tarkibidagi oʻzining birinchi mavsumida 2021-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finalida gʻalaba qozongan va musobaqada gʻolib chiqqan eng yosh futbolchiga aylangan. Keyinchalik Yéremy „Villarreal“ jamoasini tark etgan va 2025-yil avgust oyida Angliyaning „Crystal Palace“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Yangi jamoasidagi birinchi mavsumidayoq UEFA Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqqan.

Pino Ispaniyaning turli darajadagi yoshlar jamoalarda oʻynagan. Asosiy jamoada 2021-yilda debyutini oʻtkazgan. 2022 va 2026-yillardagi FIFA Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilgan va soʻnggi turnirda gʻolib chiqqan. Yéremy Ispaniya bilan 2022–23-yilgi UEFA Millatlar ligasida ham gʻolib chiqqan.

Terma jamoadagi faoliyati

2023-yil noyabr oyida oldingi xoch boylami (ACL) yirtilgani sababli Pino UEFA Yevro-2024da qatnasha olmadi. U 2024-yil 8-sentyabrda Shveytsariyaga qarshi oʻyinda terma jamoaga qaytgan. 2025-yil 8-iyun kuni UEFA Millatlar ligasi finalida Lamine Yamal oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. Oʻyin yakunida Ispaniya Portugaliyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

2026-yil 25-may kuni Pino 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibga kiritilgan. Bir oy oʻtgach, 27-iyun kuni Urugvayga qarshi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida u oʻmrov suyagini sindirib oldi va turnirning qolgan oʻyinlarini oʻtkazib yuborganhttps://www.bbc.co.uk/sport/football/articles/cr7k5n27lpmo.

Yutuqlar

Villarreal

UEFA Yevropa Ligasi gʻolibi: 2020–21

Crystal Palace

UEFA Konferensiyalar ligasi gʻolibi: 2025–26

Ispaniya

FIFA Jahon chempionati gʻolibi: 2026 UEFA Millatlar ligasi gʻolibi: 2022–23; ikkinchi oʻrin: 2020–21, 2024–25

Manbalar

Havolalar

Yeremy Pino at the Villarreal CF website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Villarreal CF C futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar