Jalil Jumanovich Kimsanov (1986-yil 26-fevralda Dangʻarada tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida asosan markaziy himoyachi ampulasida oʻynagan, shuningdek, tayanch yarim himoyachisi sifatida ham maydonga tushgan. U Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston chempionatlarida faoliyat olib borgan. 2022-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Klublardagi karyerasi Jalil Kimsanov professional faoliyatini „Guliston“ klubida boshlagan. 2012-yilda „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtib, Oʻzbekiston Kubogi bahslarida debyut qilgan. 2013-yilgi mavsumda jamoa safida Oʻzbekiston Superligasida 10 ta uchrashuv oʻtkazgan. Yozgi transfer oynasida „Qizilqum“ safiga qoʻshilgan va mavsum oxiriga qadar klub tarkibida ikki liga uchrashuvida maydonga tushgan.

2014-yil boshida „Qoʻqon 1912“ bilan shartnoma imzolagan. Keyingi toʻrt mavsum davomida klub safida Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston Kubogi doirasida jami 70 ga yaqin rasmiy uchrashuv oʻtkazib, uchta gol urgan. 2015 va 2016-yilgi mavsumlarda jamoaning asosiy himoyachilaridan biri sifatida muntazam maydonga tushgan.

2018-yilda „Neftchi“ safiga oʻtgan. 2019-yil yanvar oyida Tojikistonning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Oʻsha mavsumda klub bilan Tojikiston chempionati, Tojikiston kubogi va Superkubogida gʻolib chiqqan hamda OFK Chempionlar ligasi saralashi va OFK Kubogi uchrashuvlari qaydnomasidan oʻrin olgan. Yozgi transfer oynasida „Andijon“ klubiga qaytgan.

2020-yilda „Regar-TadAZ“ klubiga oʻtib, faoliyatining soʻnggi mavsumlarini Tojikiston chempionatida oʻtkazgan. 2022-yil boshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari