FLY ONE Moldova, odatda FlyOne nomi bilan tanilgan, bosh qarorgohi Moldova poytaxti Kishinyovda joylashgan Moldovaga qarashli arzon narxlarda xizmat koʻrsatuvchi aviakompaniyadir. 2016-yilda xususiy kompaniya sifatida faoliyat boshlagan aviakompaniya qisqa vaqt ichida Moldova Respublikasi aviatsiya sanoatining yetakchilaridan biriga aylanishga erishdi. U oʻzining bazalaridan muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi.

Tarixi Aviakompaniya 2016-yil mart oyining oxirida Aviatsiya operatori sertifikatini oldi hamda 2016-yil iyun oyida Antaliya, Iraklion va Rodos yoʻnalishlarida oʻzining birinchi muntazam yoʻlovchi reyslarini amalga oshirdi. 2021-yildan beri uning Armaniston Yerevan shahridan parvozlarni amalga oshiruvchi FlyOne Armenia nomli shoʻba korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya 2022-yilda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) aʼzosiga aylandi. 2022-yilning dekabrida esa FlyOne Airlines SRL Ruminiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasidan Havo operatori sertifikati va Transport va infratuzilma vazirligidan faoliyat yuritish litsenziyasini oldi. Shu yili kompaniya bir milliondan ortiq yoʻlovchini tashib, oltita yangi yoʻnalishni ishga tushirdi. 2023-yilda FlyOne IOSA sertifikatini yangilab, 2 million yoʻlovchi tashish koʻrsatkichiga erishdi, 14 ta yangi yoʻnalishni ishga tushirdi va aviaparkini yana uchta havo kemasi bilan kengaytirdi. 2024-yilda kompaniya yangi yoʻnalishlarni ishga tushirishda davom etib, 2,4 million yoʻlovchini tashidi va bu koʻrsatkich kompaniya tarixidagi rekord natija boʻldi. 2025-yilda esa FlyOne 3 milliondan ortiq yoʻlovchini tashib, 18 mingdan ziyod reysni amalga oshirdi hamda aviaparkini kengaytirishda davom etdi. Shu yili kompaniya Janubi-Sharqiy Yevropaning eng jadal rivojlanayotgan kompaniyalari reytingi — „SEE TOP 100“ roʻyxatidan joy oldi.

2025-yil iyul oyida aviakompaniya Oʻzbekistonning Asia Union Airlines aviakompaniyasini sotib oldi va uning nomini FlyOne Asia deb oʻzgartirdi.

Yoʻnalishlar FlyOne hozirda quyidagi yoʻnalishlarga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni amalga oshiradi:

MamlakatShaharAeroportIzohlarManbalarAlbaniyaTiranaTirana xalqaro aeroporti Teresa ona ArmanistonGyumriGyumri Shirak xalqaro aeroporti YerevanZvartnots xalqaro aeroportiAsosiy aviakompaniyaAvstriyaVenaVena xalqaro aeroporti OzarbayjonBakuHaydar Aliyev xalqaro aeroporti BelgiyaBrusselBrussel aeroporti BolgariyaBurgasBurgas aeroportiMavsumiyKiprLarnacaLarnaca xalqaro aeroporti PaphosPaphos xalqaro aeroporti DaniyaKopengagenKopengagen aeroporti MisrSharm ash-ShayxSharm ash-Shayx xalqaro aeroportiMavsumiy charterHurgadaHurgada xalqaro aeroportiToʻxtatilganMarsa AlamMarsa Alam xalqaro aeroportiToʻxtatilganFransiyaNitssaNitssa Côte d'Azur aeroportiMavsumiyLionLion–Saint Exupéry aeroporti ParijSharl de Goll aeroporti GruziyaBatumiBatumi xalqaro aeroportiToʻxtatilganTbilisiShota Rustaveli Tbilisi xalqaro aeroporti GermaniyaBerlinBerlin Brandenburg aeroporti BremenBremen aeroporti CologneCologne Bonn aeroporti DüsseldorfDüsseldorf aeroporti FrankfurtFrankfurt aeroporti MyunxenMyunxen aeroportiShtutgart Shtutgart aeroporti GretsiyaIraklionIraklion xalqaro aeroporti SalonikiSaloniki aeroporti EronTehronImom Xumayniy nomidagi Tehron xalqaro aeroportiToʻxtatilganIrlandiyaDublinDublin aeroporti IsroilTel AvivBen Gurion aeroporti ItaliyaMilanMilan Malpensa aeroporti NeapolNeapol xalqaro aeroporti ParmaParma aeroporti RimLeonardo da Vinchi–Fiumichino aeroporti TurinTurin aeroporti VeronaVerona Villafranca aeroporti Qozog‘istonOlmaotaOlmaota xalqaro aeroportiLatviyaRigaRiga xalqaro aeroporti MoldovaKishinyovKishinyov xalqaro aeroportiAsosiy aviakompaniyaChernogoriyaTivatTivat aeroportiMavsumiy charterNiderlandiyaAmsterdamSchiphol aeroporti PortugaliyaLissabonLissabon aeroporti RuminiyaBuxarestBuxarest Henri Coandă xalqaro aeroportiAsosiy aviakompaniyaRossiyaGrozniyGrozniy aeroporti KazanQozon xalqaro aeroporti KrasnodarKrasnodar xalqaro aeroportiMineralnye vodiMineralnye Vodi aeroporti MoskvaDomodedovo xalqaro aeroporti Sheremetyevo (aeroport) Vnukovo xalqaro aeroporti NovosibirskTolmachevo aeroporti Sankt-PeterburgPulkovo aeroporti SamaraKurumoch xalqaro aeroporti SochiSochi xalqaro aeroporti VoronejVoronej xalqaro aeroportiToʻxtatilganYekaterinburgKoltsovo xalqaro aeroporti IspaniyaAlikanteAlikante–Elche Miguel Hernández aeroporti BarselonaJosep Tarradellas Barselona–El Prat aeroportiMavsumiyMadridMadrid–Barajas aeroportiMavsumiyMálagaMálaga–Costa del Sol aeroporti PalmaSon Sant Joan aeroportiMavsumiyValensiyaValensiya aeroportiMavsumiyShveytsariyaGenevaGeneva aeroportiTojikistonDushanbeDushanbe xalqaro aeroportiBoshlanish sanasi: 22-avgust 2026-yilTurkiyaAntaliyaAntaliya aeroportiMavsumiy charterBodrumMilas–Bodrum aeroportiMavsumiyIstanbulIstanbul aeroporti Birlashgan Arab AmirliklariDubayAl-Maktum xalqaro aeroportiMavsumiyDubay xalqaro aeroporti SharjaSharja xalqaro aeroporti Birlashgan QirollikLondonLuton aeroporti Stansted aeroporti ManchesterManchester aeroportiToʻxtatilganO‘zbekistonToshkentToshkent xalqaro aeroportiAsosiy aviakompaniya

Havo kemalari parki

2024-yil iyun holatiga koʻra, FlyOne aviakompaniyasi toʻliq Airbus kemasidan iborat aviaparkka ega.

+ FlyOne aviaparkiHavo kemasiFoydalanishdaBuyurtmalarYoʻlovchilarIzohlarAirbus A3201111801 tasi Sky Angkor Airlinesdan ijaraga olingan.Airbus A321-2006—220Airbus A321neo—2TBAJami173

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt

Turkum:Aviakompaniyalar