Ili Gʻulja xalqaro aeroporti ( ) — Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni Ili Qozoq avtonom viloyati markazi Gʻulja shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Uni Xinjiang Airport Group Co., Ltd. boshqaradi. Dastlabki Gʻulja aeroportining qurilishi 1936-yilda boshlangan va oʻnlab yillar davomida u bir nechta nomlardan, jumladan, Yili aviabazasi (伊犁航空站), Fuqaro aviatsiyasi Yining stansiyasi (民用航空伊宁站), CAAC Urumchi maʼmuriyati Yining aeroporti (民航乌鲁木齐管理局伊宁机场), Shinjon aeroporti guruhi Yining aeroporti (新疆机场集团有限责任公司伊宁机场) va Shinjon aeroporti guruhi Yining (Nalati) aeroporti nomlaridan foydalangan.
2009-yilda Yining aeroporti (伊宁机场) va Nalati aeroporti (那拉提机场) Shinjon aeroporti guruhi qoshida birlashtirilgan yoki qoʻshma boshqaruvga oʻtkazilgan. Hozirda aeroport doimiy ravishda normallashtirilgan xalqaro aviatsiya portiga aylanish yoʻlida muhim oʻtish bosqichidan oʻtmoqda. 2024-yil 6-iyunda Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi uning nomini Ili Gʻulja xalqaro aeroportiga oʻzgartirishni maʼqulladi (, ).
Tarixi Ili Gʻulja xalqaro aeroportining Yili aviabazasi sifatida qurilishi 1936-yil 29-iyulda boshlangan. Taxminan uch oydan keyin, 31-oktyabrda, aeroport qurib bitkazilgan. Aerodrom uzunligi 950 metrni, kengligi 750 metrni tashkil qilgan va uch nafardan besh nafargacha yoʻlovchini tashiy oladigan Junkers samolyotlarini qabul qila olardi. Bu Shinjonda qurilgan eng qadimgi aeroportlardan biri hisoblanadi. Birinchi avlod terminal binosi 1939-yil foydalanishga topshirildi, umumiy maydoni 817 kv.m. ni tashkil qiluvchi ikkinchi avlod terminal binosi esa 1958-yildan beri foydalaniladi .
1984-yilda uchinchi avlod terminal binosi foydalanishga topshiridi va uchish-qoʻnish yoʻlagi 1 800 metrgacha uzaytirildi.
Aeroportda 2005 va 2010-yillarda ikkita kengaytirish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, bu uning umumiy aktivlarini 2004-yildagi 70 million yuandan bugungi kunda 391 million yuangacha oshirdi. Terminal binosining umumiy qurilish maydoni 16 700 kvadrat metrni tashkil etadi, jumladan, 2011-yil iyul oyida foydalanishga topshirilgan toʻrtinchi avlod terminalida uchta chiqish koʻprigi va 18 000 kvadrat metrlik avtoturargoh mavjud. U yiliga 1,5 million yoʻlovchi, 1 100 tonna yuk va pochta ehtiyojlarini hamda 15 306 ta uchish-qoʻnish ehtiyojlarini qondira oladi, soatiga eng yuqori uchish-qoʻnish quvvati 10 ta reys va soatiga eng yuqori yoʻlovchi quvvati 962 yoʻlovchini tashkil etadi.
2016-yil avgustda Davlat kengashi Gʻulja aeroportini tashqi dunyoga ochilishini maʼqulladi. Oʻsha yili aeroport birinchi marta 1 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. 2023-yil dekabrda aeroport milliy tekshiruvdan oʻtdi va xalqaro qatnovlar (对外开放的航空口岸) uchun ochiq aviatsiya porti sifatida belgilandi.
Infratuzilmasi Aeroport oʻrtacha dengiz sathidan balandlikda joylashgan. 06/24 deb belgilangan yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi oʻlchamlari Airports in China at AirfieldMaps.co.uk.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi
Yuk
Manbalar
Havolalar Accident history for YIN / ZWYN at Aviation Safety Network
Turkum:Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni aeroportlari Turkum:Ili Qozoq avtonom viloyati