Tamara Đorđević (tugʻilgan paytdagi ismi Italina Lida Kravanja; 1907-yil 7-iyul – 1979-yil 10-may), professional sahna nomi Ita Rina sifatida tanilgan — sloveniyalik kinoaktrisa va goʻzallik malikasi. U 1920-yillarning oxiri va 1930-yillarning boshlarida Germaniya hamda Chexoslovakiyadagi eng yirik kino yulduzlaridan biri boʻlgan. Rina 1931-yilda turmush qurganidan koʻp oʻtmay karyerasini yakunlagan; oʻsha paytda u oʻz dinini katoliklikdan serb pravoslavligiga oʻzgartirib, ismini Tamara Đorđević deb oʻzgartirgan.

Erta hayoti va modellik karyerasi (1907–1926) Ita Rina 1907-yil 7-iyulda Divača shaharchasida (oʻsha paytda Avstro-Vengriya imperiyasi, keyinchalik Yugoslaviya, hozirgi Sloveniya) Italina Lida Kravanja ismi bilan tugʻilganPolitikin zabavnik: (31 October 2009). Uni qisqacha Ida Kravanja deb atashgan. Jožef va Marija Kravanjaning toʻngʻich qizi boʻlgan Rinaning Danica ismli singlisi bor edi. Birinchi jahon urushi boshlanganidan koʻp oʻtmay, oila Lyublyanaga koʻchib oʻtdi va Rina u yerda 1923-yilda oʻqishni tamomladi. U aʼlochi oʻquvchi boʻlmagan va hatto boshlangʻich maktabning uchinchi sinfini takroran oʻqigan. Shunga qaramay, uning asosiy orzusi aktrisa boʻlish edi.

1926-yil oktabr oyida Slovenski narod (Sloveniya xalqi) jurnali goʻzallik tanlovini tashkil etdi va Rina ham unga qoʻshildi. U Sloveniya goʻzali deb topildi va 1926-yil 20-dekabrda Zagreb shahrida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Yugoslaviya goʻzali final bosqichiga yoʻl olishi lozim edi. Biroq onasi uning Zagrebga borishiga ruxsat bermadi. Sloveniya delegatsiyasining tashrifidan keyingina Marija Kravanja rozi boʻldi. Afsuski, Rina Zagrebga kelganida, hakamlar hay’ati allaqachon uchta finalchini tanlab boʻlgan edi. Shunga qaramay, uni Zagrebhdagi «Balkan Palace» kinoteatri egasi Adolf Müller payqab qoldi. U darhol uning suratlarini nemis kinoaktyori va produseri Peter Ostermayerga yubordiYU FIPRESCI: (7 July 2007). Onasi uning Berlindagi safariga qarshilik qilgani sababli, Rina uydan qochib ketdi.

Kinodagi muvaffaqiyatlar (1927–1939)

Rina 1927-yilda Berlin shahriga keldiPolitika: (10 July 2007). Ilk sinov jarayonidan soʻng u aktyorlik, nutq, raqs, avtomobil haydash va ot minish boʻyicha saboqlar oldi. U oʻz debyutini 1927-yilda rejissor Franz Osten tomonidan suratga olingan «Bolalar ota-onalaridan nimani yashirishadi» filmida amalga oshirdi. 1927–1928-yillardagi bir nechta kichik rollardan keyin tanqidchilar uni nihoyat 1928-yilda suratga olingan «Soʻnggi kechki ovqat» filmida payqashdi. Oʻsha yili Rina boʻlmish turmush oʻrtogʻi — talaba Miodrag Đorđević bilan tanishdi. Uning chinakam katta muvaffaqiyati keyingi yili rejissor Gustav Machatý tomonidan suratga olingan Erotikon filmi bilan keldi. U bosh ayol qahramon Andrea rolini oʻynadi. Filmning ulkan muvaffaqiyati ayrim axloqiy va diniy tashkilotlarning noroziligiga sabab boʻldi. Bu holat esa aslida film uchun eng yaxshi reklama va Rinaning karyerasining boshlanishi boʻldi.

1930-yilda Rina uchta filmda suratga tushdi, ularning ichida eng diqqatga sazovori chex tilidagi ilk ovozli film boʻlgan Tonka of the Gallows boʻlib, u koʻpincha uning eng yaxshi ijrosi sifatida e'tirof etiladi. Shu orada, u 1931-yilda Miodrag Đorđević bilan turmush qurdi va katolik dinidan serb pravoslav diniga oʻtdi. Rina rus pravoslav cherkovida choʻqintirildi va Tamara Đorđević degan yangi pravoslav ismini oldi. Oʻsha yili Rina Gollivuddan taklif oldi, biroq eri unga karyerasi va nikohi oʻrtasida tanlov qoʻydi; Rina eri bilan qolishni afzal koʻrdi. Kino sohasini tark etishini e'lon qilganiga qaramay, u Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar film suratga tushishda davom etdi. Uning urushdan oldingi soʻnggi ishi kriminal drama janridagi Zentrale Rio filmi boʻldi.

Turmush qurishi, keyingi yillari va vafoti (1940–1979) Kino olamini tark etgach, Rina va uning turmush oʻrtogʻi Belgradda yashay boshladilar. 1940-yilda ularning oʻgʻli Milan dunyoga keldi. 1941-yilda Belgrad bombardimon qilingach, oila Vrnjačka Banjaga koʻchib oʻtdi va u yerda Rina Tijana ismli qiz farzand koʻrdi. Urush tugagach, 1945-yilda ular yana Belgradga qaytib kelishdi. Garchi unga Yugoslaviyadagi filmlarda bir nechta rollar vaʼda qilingan boʻlsa-da, barcha loyihalar bekor qilindi. Prezident Titoga yozgan xatidan soʻng, Rina Avala Film kompaniyasida hamkorlik boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlay boshladi. U bir marta katta ekranga qaytdi — rejissor Veljko Bulajićning 1960-yilda suratga olingan Atomic War Bride filmida suratga tushdi. Bu uning soʻnggi roli edi.

Astma kasalligidan aziyat chekkani sababli, Rina va uning turmush oʻrtogʻi 1967-yilda Budvaga (oʻsha paytda Yugoslaviya, hozirgi Chernogoriya) koʻchib oʻtdilar. U yerda ogʻir xastalikka chalingan turmush oʻrtogʻiga gʻamxoʻrlik qildi. Rina 1979-yil 10-mayda astma xurujidan vafot etdi. U bir necha kun oʻtgach, koʻplab kino sanʼatkori doʻstlari, muxlislari va oila aʼzolari qurshovida Belgrad shahrida dafn etildi.

Filmografiya

Was die Kinder ihren Eltern verschweigen (1927) Two Under the Stars (1927) Because I Love You (1928-yilgi film) (1928) Theatre (1928-yilgi film) (1928) Wilde Ehen (1929) Erotikon (1929) Spring Awakening (1929-yilgi film) Disgrace (1929-yilgi film) (1929) Tonka of the Gallows (1930) Der Walzerkönig (1930) Kire lained (1930) Život teče dalje (1933) Song of the Black Mountains (1933) A život jde dál (1935) The Coral Princess (1937) Central Rio (1939) Atomic War Bride'' (1960)

Manbalar

Havolalar

Ita Rinaning suratlari