Marcelo Brozović (1992-yil 16-noyabrda tug‘ilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynaydi.
Brozović 2011-yilda oʻzining bolalik klubida 22 ta oʻyinda maydonga tushdi, bu mavsumda jamoa quyi ligaga tushib ketdi. Pastki ligaga tushib ketganidan soʻng, Brozović „Lokomotiva“ bilan shartnoma imzolagan va u yerda bir mavsum oʻtkazgan. 2012-yil avgust oyida Brozović Zagrebning yangi klubiga, bu safar Zagrebning „Dinamo“ jamoasisiga oʻtgan va uch mavsumn davomida klub safida o'ynagan. „Inter“ Brozovićni 5 million yevro evaziga doimiy ravishda sotib olgan. Brozović „Inter“da yetti mavsum oʻtkazgan, klub tarkibida 300 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan va 2021-yilda oʻn yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan. Ikkita Yevropa musobaqalari finalida (2020-yilda Yevropa Ligasi va 2023-yilda Chempionlar Ligasi) ishtirok etgan. 2023-yil yozida Brozović 18 million yevro evaziga „Al-Nassr“ klubi bilan shartnoma imzolab, Saudiya Arabistoni Pro ligasiga oʻtgan.
Brozović Xorvatiya milliy terma jamoasidagi debyutini 2014-yil iyun oyida oʻtkazgan. U mamlakat sharafini 2014, 2018 va 2022-yilgi jahon chempionatlari hamda 2016, 2020 va 2024-yilgi Yevropa chempionatlarida himoya qilgan va jamoasi bilan 2018-yilgi Jahon chempionati hamda 2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi finallariga chiqqan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:NK Hrvatski Dragovoljac futbolchilari Turkum:NK Lokomotiva Zagreb futbolchilari Turkum:GNK Dinamo Zagreb futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Al-Nassr FC futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Xorvatiya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Xorvatiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Xorvatiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar