Catopsilia pomona, yoki common emigrant yoki lemon emigrant — Osiyo va Avstraliyaning ayrim qismlarida uchraydigan, oʻrtacha kattalikdagi oq kapalaklar oilasiga mansub kapalakdir. Bu tur oʻz nomini koʻchib yurish, migratsiya qilish odatidan olgan. Tavsif Qanot qoqish kengligi taxminan 55 mm dan 80 mm gacha yetadi. Ranglari asosan limon-sariq, och yashilsimon-oq yoki qaymoqrang boʻladi. Ularning qanotlari tepasidan qaraganda chetlari qora hoshiyali, ostki qismida esa baʼzan mayda jigarrang yoki qizgʻish halqasimon dogʻlar boʻladi. Erkak va ayollarini oʻrtasidagi farq katta. Erkak Asosan boʻrdek oppoq yoki qanot asoslari och oltingugurt-sariq tusda boʻladi. Markaziy qismida hech qanday dogʻ boʻlmaydi, toza boʻladi. Qora hoshiya faqat qanotning yuqori uchi atrofida boʻlib, pastga qarab ingichkalashib yoʻqoladi. Qanotlarining ostki qismi silliq, naqshlari kam yoki deyarli yoʻq boʻladiGrund, R. Catopsilia pomona datasheet Accessed:September 2006. Urgʻochi
Rangi ancha toʻqroq — yorqin sariq, limon-sariq yoki sargʻish-yashil tusda boʻladi. Old qanotining markazida bitta aniq dumaloq qora dogʻ boʻladi. Qora hoshiya ancha keng va qalin boʻlib, qanotning butun chetini toʻliq qoplab oladi. Qanotlarining ostki qismida jigarrang yoki qizgʻish-binafsharang halqali dogʻlar koʻp boʻladi.
Tarqalishi Bu tur uzoq masofalarga ommaviy koʻchib yurishi (migratsiya qilishi) bilan mashhur boʻlgani sababli, uni juda koʻp mamlakatlarda uchratish mumkin. Hindistonning deyarli barcha shtatlarida juda keng tarqalgan, Tailand, Malayziya, Myanma, Vetnam, Kambodja, Laos, Filippin hamda Indoneziyaning deyarli barcha yirik orollari. Avstraliyaning shimoliy va sharqiy hududlari (ayniqsa Kvinslend va Yangi Janubiy Uels shtatlari), Papua-Yangi Gvineya va unga yaqin joylashgan Tinch okeani orollari boʻylab keng tarqalganGrund, R. Catopsilia pomona datasheet Accessed:September 2006.
Turlari
Ushbu kapalakning tashqi koʻrinishi oʻsish davridagi harorat va kun uzunligiga qarab ikki xil shaklda rivojlanadiSevastopulo, D. G. (1950). Seasonal forms of Catopsilia spp. Journal of the Bombay Natural History Society 49:570.. Crocale Moʻylovlari (antenalari) toʻq qora rangda boʻladi. Qanotlaridagi qora hoshiyalar qalinroq va yorqinroq tusga egaGrund, R. Catopsilia pomona datasheet Accessed:September 2006. Pomona Moʻylovlari pushtirang yoki qizgʻish boʻladi. Qanotlarining ostki qismida qizgʻish-jigarrang dogʻlar aniq koʻrinib turadiRienks, J. H. (1985). Phenotypic Response to Photoperiod and Temperature in a Tropical Pierid Butterfly. Australian Journal of Zoology 33(6) 837 — 847. Hayot sikli
Kapalakning tuxumlari turli xil oʻsimlik turlariga, jumladan, bir nechta Cassia turlariga qoʻyiladi. Urgʻochi Catopsilia pomona kapalaqlari oʻz hayoti davomida jami 100 tadan 300 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin. Tuxumlar odatda barglarning ostki qismiga, chetiga yaqin joyga bittadan qoʻyiladi. Har bir tuxum oq rangda, shisha shaklida boʻlib, vertikal chiziqlar bilan qoplangan. Tuxum qoʻyilgandan keyin 3–4 kun oʻtib, ichidan uzunligi bor-yoʻgʻi 0.5 sm atrofida boʻlgan sargʻish-yashil tusdagi mitti lichinka chiqadi. Uning birinchi qiladigan ishi — oʻzi chiqqan tuxum poʻchogʻini yeb bitirish boʻladi. Lichinka oʻsib ulgʻaygan sayin rangi toʻqroq barg-yashil (leafy green) tusga kiradi. U yashayotgan daraxt barglariga shu qadar oʻxshash boʻladiki, yirtqich qushlar uni deyarli ajrata olmaydiRienks, J. H. (1985). Phenotypic Response to Photoperiod and Temperature in a Tropical Pierid Butterfly. Australian Journal of Zoology 33(6) 837 — 847Sevastopulo, D. G. (1950). Seasonal forms of Catopsilia spp. Journal of the Bombay Natural History Society 49:570..
Manbalar Turkum:Avstraliya kapalaklari Turkum:Hindixitoy kapalaklari Turkum:Osiyo kapalaklari Turkum:Okeaniya kapalaklari