Zayyoniy–Muvahhid urushlari (1236–1248), shuningdek Tilimsan-Muvahhid urushlari nomi bilan ham tanilgan, hozirgi Jazoir hududidagi Tilimsan qirolligi hukmdorlari boʻlgan Zayyoniylar sulolasi bilan, 12-asrdan 13-asrgacha mavjud boʻlgan Shimoliy Afrikadagi berber-musulmon imperiyasi — Muvahhid xalifaligi oʻrtasida kechgan bir qator nizolar edi. Bu urushlar Muvahhidlar davrida boʻlib oʻtgan va asosan Shimoliy Afrikaning Magʻrib mintaqasidagi hududiy nazorat va taʼsir kuchi uchun olib borilgan.
Taxminan 1230-yillarda Muvahhid imperiyasi tanazzulga yuz tutayotgan edi va rahbarlar Zayyoniylar boshligʻi Jobir ibn Yusufni Tilimsan hokimi etib tayinladilar. U shahar ustidan Muvahhid imperiyasi nomidan nazorat oʻrnatdi. Yagʻmurasan ibn Zayyon 1235-yilda Tilimsanning navbatdagi hokimi etib tayinlandi, oradan koʻp oʻtmay Muvahhid xalifaligi shahar ustidan nazoratni yoʻqotdi va Yagʻmurasan Tilimsan mustaqilligini eʼlon qildi, bu esa uni amalda birinchi hukmdor va sulola asoschisiga aylantirdi. Urush Yagʻmurasan hokimiyatni mustahkamlashga va atrof-hududlar, jumladan Muvahhid xalifaligiga qarashli yerlarni ham oʻz nazoratiga olishga uringanidan keyin boshlandi.
1241-yilda Zayyoniylar hududlari Hafsiylar sulolasi bosqinidan omon qoldi. 1248-yilda esa Muvahhid yetakchilarining vorislari Tilimsan va Gʻarbiy Jazoirda joylashgan yerlarni bosib olishga urindilar, biroq bu urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. 1248-yilda Mariniylar sulolasi sultoni Abu Yahyo ibn Abdulhaqq Tilimsanga hujum qildi. Abu al-Hasan as-Said al-Mutadid ham Tilimsaga hujum qilib, Yagʻmurasan joylashgan Uja qal’asini qamal qildi. Ujda jangi Zayyoniylar sulolasining hal qiluvchi gʻalabalaridan biri boʻlib, Zayyoniy–Muvahhid urushlariga yakun yasadi.
Yana qarang
Tilimsan qirolligi Hafsiylar sulolasi Muvahhidlar davlati
Manbalar
Turkum:Zayyoniylar sulolasi Turkum:Hafsiylar sulolasi Turkum:Muvahhidlar davlati