Rustam Pardayev (1979-yil 7-aprelda tugʻilgan, Qiziriq tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek davlat arbobi, moliya va iqtisodiyot mutaxassisi. 2022-yil 1-fevraldan Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020—2022-yillarda Denov tumani hokimi boʻlgan.

Tarjimai holi Rustam Pardayev 1979-yil 7-aprelda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — iqtisodchi.

Mehnat faoliyati Rustam Pardayev oʻzining mehnat faoliyati davomida moliya-bank tizimi hamda davlat boshqaruvida qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan:

AT „Mikrokreditbank“ Jarqoʻrgʻon tumani filiali boshqaruvchisi; AT „Mikrokreditbank“ Surxondaryo viloyati filiali boshqaruvchisi; Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi; Surxondaryo viloyati Investitsiyalar bosh boshqarmasi boshligʻi; Surxondaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi; Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; 2020-yildan 2022-yil yanvarigacha — Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi; 2022-yil 1-fevral kuni Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari 44-sessiyasi qaroriga koʻra, Ilhom Yusupov oʻrniga Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Surxondaryo viloyatida tugʻilganlar Turkum:Qiziriq tumani Turkum:Oʻzbekiston tumanlari hokimlari Turkum:Oʻzbekiston iqtisodchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari