Jennifer „Jen“ Leigh Ruddell (qizlik familiyasi: Warkins; 1978-yil 4-fevralda tugʻilgan) — amerikalik nogironlar araavchasidagi basketbolchi va paralimpiyachi. U AQSh ayollar terma jamoasi bilan 2004-2008-yillardagi Paralimpiya oʻyinlarida ikkita oltin medalni hamda 2007-yilgi Parapan Amerika oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Biografiyasi Ruddell Chikagodan tashqaridagi Stevenson oʻrta maktabida tahsil olgan va u yerda maktabning basketbol, voleybol hamda softbol jamoalarida oʻynagan. Sportchi bitta tizzasida uchta boylam yirtilishini boshdan kechirgan.

Jarohati unga nogironlar aravachasidagi basketbol musobaqalarida qatnashish imkonini berishini bilib olgach, Ruddell Illinoys universiteti ayollar jamoasida oʻynay boshlagan. Ruddell 2002-yildan 2006-yilgacha ketma-ket beshta milliy chempionat oʻyinlarida qatnashgan. Ruddell Illinoys universitetini PhD darajasini bilan tamomlagan.

Afina shahrida boʻlib oʻtgan 2004-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Ruddell AQSh ayollar terma jamoasi tarkibida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Jamoa final uchrashuvida ketma-ket besh karra chempion boʻlgan Kanada terma jamoasini magʻlub etgan. Ushbu oʻyinda Ruddell 21 ochko, 15 ta ribaund va oltita toʻp olib qoʻyishni amalga oshirgan. Ular yarim finalda Yaponiya terma jamoasini 70-33 hisobida magʻlub etishgan. 2004-yilgi Afina oʻyinlaridan soʻng Ruddell uch oy davomida professional nogironlar aravachasidagi basketbolni oʻynash uchun Ispaniyaga koʻchib oʻtgan. Shuningdek, u Illinoys universitetida yilning eng yaxshi talaba-sportchisi deb topilgan.

Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan 2007-yilgi Parapan Amerika oʻyinlarida Ruddell AQSh terma jamoasiga oltin medalni qoʻlga kiritishda yordam bergan.

Pekinda boʻlib oʻtgan 2008-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Ruddell oltin medalni qoʻlga kiritgan AQSh ayollar terma jamoasining ham-sardori boʻlgan. U jamoasi bilan birga Vashingtonda taqdirlangan..

Ruddell Londondagi 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari uchun AQSh ayollar terma jamoasining asosiy tarkibiga chaqirilmagan. Biroq zaxira oʻyinchisi sifatida roʻyxatga kiritilgan.

2016-yilda Ruddell Arizona shtat universiteti nogironlar aravachasidagi basketbol jamoasiga murabbiylik qilgan.

2018-yilda Ruddell „Arizona Storm“ ayollar jamoasida oʻynagan va 2018-yilgi Nogironlar aravachasi basketboli milliy assotsiatsiyasi turnirida ishtirok etgan.

2021-yilda Ruddel Oollejlararo divizionining Shon-harf zali (Hall of Fame) aʼzoligiga qabul qilingan. 2025-yilda Ruddell 2004-yilgi ayollar terma jamoasi bilan birgalikda Paralimpiya shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Ruddell Parkland kollejida oʻrindosh oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2025-yil holatiga koʻra, Ruddell Arizonadagi Flagstaff Christian School maktabida rahbar boʻlib ishlagan.

Manbalar