Mateo Retegui (1999-yil 29-aprelda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining „Al-Qadsiah“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Retegui Argentinada tugʻilgan boʻlib, Italiya terma jamoasida oʻynaydi.
Xalqaro faoliyati Retegui Argentinani U19 va U20 yosh toifalarida, shu jumladan U20 jamoasi safida 2018-yilgi Janubiy Amerika oʻyinlarida ishtirok etgan.
Kelib chiqishiga koʻra Italiya terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan Retegui 2023-yilning fevral oyida Roberto Mancini tomonidan UEFA Yevro-2024 saralashining dastlabki oʻyinlari uchun „Adzurri“ tarkibining dastlabki roʻyxatga kiritilgani xabar qilingan. Retegui 2023-yil 17-mart kuni Italiya milliy terma jamoasiga birinchi rasmiy chaqiruvni olgan va 23-mart kuni Neapolda boʻlib oʻtgan Yevro-2024 saralashida Angliyaga qarshi oʻyinda oʻzining xalqaro maydondagi debyut oʻyini oʻtkazgan va debyut golini urgan. U 26-mart kungi navbatdagi oʻyinida yana gol urib, Taʼ Qalida boʻlib oʻtgan Yevro-2024 saralashida Malta ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabani taʼminlagan gol muallifiga aylangan. Bu natijasi orqali 1968-yilda Pierino Prati qayd etgan natikani takrorlagan va milliy terma jamoadagi dastlabki ikkita rasmiy oʻyinida gol urgan birinchi futbolchiga aylangan.
2024-yil 21-mart kuni Retegui Venesuela qarshi oʻyinda ikkita gol urgan. U 1928-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Virgilio Levrattodan keyin Italiya terma jamoasi safida dubl qayd etgan birinchi „Genoa“ futbolchisi boʻlgan. 2024-yil iyun oyida Retegui bosh murabbiy Luciano Spalletti tomonidan Italiya terma jamoasining UEFA Yevro-2024 turniri uchun tarkibga kiritilgan. Oʻsha yilning 6-sentyabrida u UEFA Millatlar ligasi doirasida Fransiya ustidan mehmonda 3:1 hisobida qozonilgan gʻalabada uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, shuningdek, bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan. Retegui Italiya safida 1954-yil aprel oyidan beri Parijda raqibiga qarshi dastlabki gʻalabasini taʼminlashga yordam bergan.
2025-yil 14-oktyabrda Retegui 2026-yilgi Jahon chempionati saralashida Isroil ustidan 3:0 hisobida qozonilgan oʻyinda ikkita gol urganhttps://www.beinsports.com/en-nz/football/uefa-world-cup-qualifiers/articles-video/retegui-brace-keeps-italy-s-world-cup-hopes-alive-2025-10-14.
Yutuqlari Shaxsiy
Argentina Primera divizionining eng yaxshi toʻpurari: 2022 A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2024-yil oktyabr Capocannoniere: 2024–25 A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi: 2024–25 A Seriyaning mavsum jamoasi: 2024–25 A Seriyaning yil jamoasi: 2024–25
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Boca Juniors futbolchilari Turkum:Estudiantes de La Plata futbolchilari Turkum:Talleres de Córdoba futbolchilari Turkum:CA Tigre futbolchilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Al Qadsiah FC futbolchilari Turkum:Argentine Primera División futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Italiyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari Turkum:Mahalliylashtirilgan futbolchilar