Priya Naree Cooper (1974-yil 2-oktyabrda tugʻilgan) — avstraliyalik suzuvchisi. U toʻqqizta paralimpiya oltin medalini qoʻlga kiritgan, shuningdek, jahon rekordlari va jahon chempionliklariga erishgan. U Avstraliya suzish terma jamoasi safida S8 toifasida 1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari Olimpiada oʻyinlari]], 1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari va 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. U ikki marta Avstraliya Paralimpiya terma jamoasining ham-sardori boʻlgan, jumladan, Sidneydagi 2000-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida ham ushbu vazifani bajargan va 1992-yil hamda 1996-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining yopilish marosimlarida Avstraliya bayrogʻini koʻtarib chiqqan. Cooper bolalar falaji xastaligiga chalingan boʻlib, vaqtining koʻp qismini nogironlar aravachasida oʻtkazgan. U universitetda salomatlikni boshqarish yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan. Paralimpiyadagi professional faoliyatini yakunlagach, u sharhlovchilik qilgan va 2002-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida suzish musobaqalarini sharhlab borgan.
Yoshlik yillari Priya Naree Cooper 1974-yil 2-oktyabrda Gʻarbiy Avstraliyaning Pert shahrida dunyoga kelganW. A. Hall of Champions inductee booklet. (2006) Published by the Western Australian Institute of Sport. p. 24... U tugʻilishidanoq bolalar falajiga chalingan boʻlib, vaqtining 75 foizini nogironlar aravachasida oʻtkazgan. Yoshligida onasi uni sportning bir qancha turlarida, jumladan chechyotka va baletda oʻzini sinab koʻrishga undagan.
Manbalar
Tashqi havolalar Who Are You? Priya Cooper ABC 15 August 2012
Turkum:Avstraliya sportchilari Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlarlar]]