Ander Herrera Agüera (1989-yil 14-avgustda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Primera Federación ligasining 2-guruhidagi „Zaragoza“ jamoasida, yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi.
Herrera faoliyatini „Zaragoza“ klubida boshlagan, soʻng 2011-yilda „Athletic Bilbao“ klubiga oʻtgan. 2014-yilda esa 36 million yevro evaziga „Manchester United“ klubiga oʻtgan. Ushbu ingliz klubi safida u Angliya kubogi, Angliya Superkubogi (FA Community Shield), Liga kubogi va UEFA Yevropa ligasida (finalda esa uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan) gʻolib chiqqan hamda 2016–17-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. Ander 2019-yilda Paris Saint-Germain klubiga (PSG) koʻchib oʻtgan. Dastlabki mavsumidayoq mamlakat ichidagi barcha toʻrtta sovrinni qoʻlga kiritgan hamda UEFA Chempionlar ligasi finalida „Bavariya“ jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan (bu oʻyinda PSG 1:0 hisobida magʻlub boʻldigan). PSG tarkibida Errera ikki martadan 1-Liga, Fransiya kubogi va Fransiya Superkubogi (Trophée des Champions), shuningdek, bir marta Fransiya Liga kubogi sohibi boʻlgan. 2022-yilda u avvaliga ijara asosida, 2023-yilning yanvarida esa toʻliq transfer qilinib, „Athletic Bilbao“ jamoasiga qaytgan va „Bilbao“ bilan birga 2023–24-yilgi Ispaniya kubogini qoʻlga kiritgan tarkibdan joy olgan.
Errera Ispaniyaning 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari safida xalqaro turnirlarda gʻolib chiqqan, shuningdek, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. U Ispaniya milliy terma jamoasida 2016-yilning noyabrida debyut qilgan boʻlsa-da, jami bor-yoʻgʻi ikki bor maydonga tushgan, xolos; oxirgi oʻyini esa 2017-yilning mart oyiga toʻgʻri kelgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Errera 2009-yili Italiyaning Peskara shahrida oʻtkazilgan Oʻrtayer dengizi oʻyinlarida futbol boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Ispaniyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida toʻp surgan.
Errera Ispaniya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Milla tomonidan Daniyada boʻlib oʻtgan 2011-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati tarkibiga kiritilggan. 12-iyun kuni Angliyaga qarshi kechgan guruh bosqichining dastlabki uchrashuvida u bahsli gol muallifiga aylangan va oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlanganSpain U21 1–1 England U21; BBC Sport, 12 June 2011. Shveysariyaga qarshi final bahsida esa Errera yana bir bor bosh bilan zarba yoʻllab, hisobni ochgan; Orxusdagi bu uchrashuvda jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Shuningdek, u 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham Ispaniya sharafini himoya qilgan.
U milliy terma jamoaga ilk bor 2016-yil 3-oktyabrda, JCH-2018 saralashi doirasidagi Italiya va Albaniyaga qarshi uchrashuvlar uchun chaqirildi, biroq bu oʻyinlarning birortasida ham maydonga tushmagan. Errera milliy terma jamoadagi debyutini 2016-yil 15-noyabr kuni „Uembli“ stadionida Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsning ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushgan.
Oʻyin uslubi "Manchester United"dagi faoliyati davomida Herreraning oʻyin uslubi Paul Scholes bilan taqqoslanishiga sabab boʻlgan, hatto Scholesning oʻzi ham uni klubning 2014-yilgi yozgi transfer oynasidagi eng yaxshi xaridi deb eʼtirof etgandi. U kurashuvchan, maydonning har ikki tomonida faol harakatlanuvchi (box-to-box) yarim himoyachi boʻlib, oʻzining ishonchli uzatmalari va maydondagi yuqori sergʻayratligi, shuningdek, toʻpsiz harakati, taktik tafakkuri, oʻyinni oʻqiy olish qobiliyati hamda texnikasi bilan tanilgan; ushbu sifatlari unga yarimhimoyaning bir nechta pozitsiyalarida, jumladan, „oltinchi“, „sakkizinchi“ yoki „oʻninchi“ raqamli oʻyinchi sifatida toʻp surish imkonini beradi.
Shaxsiy hayoti
Herreraning otasi Pedro Herrera ham yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan futbolchi edi. U, shuningdek, „Real Saragosa“ hamda „Selta“ klublarida toʻp surgan va har ikkala klubda bosh menejer boʻlib ham ishlagan. Herreraning rafiqasi Isabel Colladodan ikki nafar farzandi bor.
Yutuqlari
Manchester United
Angliya kubogi: 2015–16; ikkinchi oʻrin: 2017–18 Angliya liga kubogi: 2016–17 Angliya Superkubogi: 2016 UEFA Yevropa Ligasi: 2016–17
Paris Saint-Germain
Liga 1: 2019–20 2021–22 Fransiya kubogi: 2019–20, 2020–21 Liga kubogi: 2019–20 Chempionlar kubogi: 2019, 2020 UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2019–20
Athletic Bilbao
Qirol kubogi: 2023–24; ikkinchi oʻrin: 2011–12 UEFA Yevropa Ligasi: ikkinchi oʻrin: 2011–12
Ispaniya U20
Oʻrta yer dengizi oʻyinlari: 2009ITA — ESP 1:2 (0:0) ; Pescara 2009, 4 July 2009
Ispaniya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2011
Shaxsiy sovrinlar
21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2011U21 all-star squad named by UEFA technical team Ser Mett Busbi yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016–17 UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi tarkibi: 2016–17
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Deportivo Aragón futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari Turkum:Athletic Bilbao futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Boca Juniors futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ispaniya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ispaniya 23 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ispaniya olimpiya milliy futbol terma jamoasi futbolchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar