Raúl Alvin „Nalvin“ Mendoza Argüello (1984-yil 27-iyulda Mexiko shahrida tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi. Futbolchi soʻnggi bor „Coatepeque“ jamoasi safida toʻp surgan.
Mendoza „Club América“ yoshlar tizimida tarbiyalangan hamda 2005-yilgi Klausura mavsumida „Atlante“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlishiga qaramay, futbolchi oʻzining ilk chempionligini qoʻlga kiritgan. Mendoza faoliyati davomida jami 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 1680 daqiqa harakat qilgan.
Shuningdek, futbolchi „Club América“ning qardosh jamoasi boʻlmish „San Luis“ safida Primera A musobaqasi chempioniga aylangan.
Mendoza Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan 2003-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Meksika 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Meksika terma jamoasi birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etgan boʻlsa-da, futbolchi guruh bosqichidagi barcha 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:San Luis F.C. futbolchilari Turkum:Club América futbolchilari Turkum:C.D. Veracruz futbolchilari Turkum:Querétaro F.C. futbolchilari Turkum:Meksika yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari