Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) Jahon merosi obyektlari — 1972-yilda qabul qilingan UNESCO Jahon merosi konvensiyasida taʼriflangan madaniy yoki tabiiy meros uchun muhim boʻlgan joylar. Madaniy meros yodgorliklar (masalan, meʼmoriy asarlar, monumental haykallar yoki yozuvlar), binolar guruhlari va obyektlardan (shu jumladan arxeologik joylar) iborat. Tabiiy xususiyatlar (fizik va biologik shakllanishlardan tashkil topgan), geologik va fiziografik shakllanishlar (yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvon va oʻsimlik turlarining yashash joylarini ham oʻz ichiga oladi) hamda ilm-fan, muhofaza yoki tabiiy goʻzallik nuqtayi nazaridan muhim boʻlgan tabiiy hududlar tabiiy meros sifatida belgilangan. Misr konvensiyani 1974-yil 7-fevralda qabul qilgan. Misrda 7 ta Jahon merosi obyektlari mavjud boʻlib, yana 34 tasi taxminiy roʻyxatga kiritilgan.
Misrdagi ilk obyektlar 1979-yilda roʻyxatga olingan boʻlib, oʻshanda beshta joy ushbu roʻyxatga kiritilgan edi. Shundan soʻng yana ikkita obyekt — 2002-yilda Avliyo Yekaterina hududi va 2005-yilda Vodiy al-Kiton roʻyxatga qoʻshildi. Ulardan oxirgisi Misrdagi yagona tabiiy obyekt hisoblanadi; qolganlari esa madaniy ahamiyatga ega boʻlgani uchun roʻyxatga kiritilgan. Jahon merosi toʻgʻrisidagi konvensiyaning ishlab chiqilishiga turtki boʻlgan muhim voqealardan biri Misr bilan bogʻliq edi. Nil daryosida Asvon toʻgʻonini qurish qarori Quyi Nubiyadagi koʻplab arxeologik yodgorliklarning suv ostida qolishiga olib kelishi mumkinligi sababli, 1959-yilda ushbu obyektlarni qismlarga ajratib, xavfsiz joylarda qayta tiklash orqali saqlab qolishga qaratilgan xalqaro kampaniya boshlangan. 2001-yildan 2025-yilgacha Abu Mino obyekti xavf ostidagi meros roʻyxatida turdi, chunki yer osti suvlari sathining koʻtarilishi loyli tuproqlar barqarorligini pasaytirib, yodgorliklarning konstruktiv yaxlitligiga xavf tugʻdirayotgan edi. 2024-yilga kelib vaziyat yaxshilandi. Misr besh marta Jahon merosi qoʻmitasi tarkibida faoliyat yuritgan.
Jahon merosi obyektlari UNESCO obyektlarni oʻnta mezon asosida roʻyxatga oladi; har bir obyekt kamida bitta mezonga javob berishi kerak. i dan vi gacha boʻlgan mezonlar madaniy, vii dan x gacha boʻlganlari esa tabiiy mezonlardir.
+ Jahon merosi obyektlari Obyekt Tasviri Joylashuvi (muhofaza) Meros deb topilgan sana Tavsifi Memfis va uning nekropoli — Gizadan Dahshurgacha boʻlgan piramidalar maydoni Giza 1979 86; i, iii, vi (madaniy) Memfis Qadimgi podsholikning poytaxti boʻlib, miloddan avvalgi taxminan 3000-yilda tashkil etilgan. Uning eng muhim ibodatxonasi Ptaxga bagʻishlangan. Piramidalar maydoni Misr piramidalarining asosiy majmualaridan ayrimlarini, jumladan, Giza piramidalari majmuasini (rasmda) oʻz ichiga oladi. Undagi Xeops piramidasi Qadimgi dunyoning yetti moʻjizasidan saqlanib qolgan yagona yodgorlikdir. Shuningdek, Katta sfinks, Dahshur piramidalari, Saqqora va Abusir majmualari mavjud. Hududda 38 dan ortiq piramida, shuningdek, ularning meʼmoriy ajdodlari — mastabalar, qoya qabrlari va ibodatxonalar mavjud. Qadimgi Fiva va uning nekropoli Al-Uqsur 1979 87; i, iii, vi (madaniy) Fiva Oʻrta podsholik va Yangi podsholik davrlarida uzoq vaqt davomida Misr poytaxti boʻlgan. U Amonning muqaddas shahri va Misr tarixining katta qismi davomida diniy markaz boʻlgan. Asosiy yodgorliklar miloddan avvalgi 1500—1000-yillarga tegishli boʻlib, ularga Karnak va Al-Uqsurdagi ulkan ibodatxonalar (rasmda), Shohlar vodiysi va Malikalar vodiysidagi qirollik qabrlari kiradi. Eng mashhurlari qatorida Xatshepsut dafn ibodatxonasi va Tutanxamon qabri bor. Abu Simbaldan Filagacha boʻlgan Nubiya yodgorliklari Asvon 1979 88; i, iii, vi (madaniy) Ushbu obyekt Misr tarixining turli davrlariga oid oʻnta yodgorlikni oʻz ichiga oladi. Ular 1960—1980-yillarda Nil suvlarining koʻtarilishidan saqlab qolish uchun xalqaro kampaniya doirasida koʻchirilgan. Bunga Asvon toʻgʻoni qurilishi sabab boʻlgan. Yodgorliklar: Abu Simbal (Ramses II tomonidan bunyod ettirilgan, koʻchirilishi rasmda), Yangi Amada, Yangi Vodiy as-Sabua, Yangi Kalabsha, Fila ibodatxonalari majmuasi (Agilkia orolida, yunon-rim davriga oid), Qubbat al-Havo (Qadimgi va Oʻrta podsholik qabrlari), Elefantina shahri xarobalari, tosh konlari va tugallanmagan obelisk, Avliyo Simon monastiri va Fotimiylar qabristoni. Tarixiy Qohira Qohira 1979 89; i, v, vi (madaniy) Qohira X asrda Fotimiylar xalifaligi qarorgohi sifatida undan oldingi shaharlar oʻrnida tashkil etilgan. U islom oltin davrida va undan keyin olimlar, fan arboblari, shifokorlar, rassomlar, yozuvchilar va savdogarlar yashagan yoki tashrif buyurgan yirik shahar boʻlgan. XIX asrda qurilish shaharning boshqa qismlariga koʻchib, tarixiy qismning saqlanib qolishiga imkon berdi, biroq XXI asrda hudud anʼanaviy shahar tuzilmasining yemirilishi, qarovsizligi va texnik xizmat koʻrsatishning yetishmasligi hamda aholining haddan tashqari zichligi bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqda. Tarixiy Qohirada Tuluniylar, Fotimiylar va Mamluklar davriga oid binolar majmualari, jumladan, VIII asrga oid Ibn Tulun masjidi, koʻplab ziyoratgohlar, madrasalar, hammomlar va favvoralar mavjud.Abu Mino Iskandariya 1979 90; iv (madaniy) Ilk xristianlik markazi 296-yilda vafot etgan iskandariyalik Menas qabri atrofida shakllangan. Ushbu joy klassik antik davrda ziyorat markazi boʻlgan va keyingi asrlarda qibtiylar jamoasi uchun muhimligicha qolgan. Arxeologik obyekt cherkov, choʻqintirish xonasi, bazilikalar, jamoat binolari, koʻchalar, monastirlar, uylar va ustaxonalarni oʻz ichiga oladi. Asosiy binolar yoʻnilgan ohaktoshdan, oddiy uylar esa xom gʻishtdan qurilgan. 2001—2025-yillarda yer osti suvlari sathining koʻtarilishi loyga asoslangan tuproqlarning barqarorligini pasaytirib, yodgorliklarning konstruktiv yaxlitligiga tahdid solgani sababli obyekt xavf ostidagi obyekt sifatida qayd etilgan. 2024-yilga kelib vaziyat yaxshilangan. Avliyo Yekaterina hududi Janubiy Sinay 2002 954; i, iii, iv, vi (madaniy) Avliyo Yekaterina pravoslav monastiri VI asrda tashkil etilgan boʻlib, faoliyat yuritayotgan xristian monastirlari orasida eng qadimgilaridan biridir. U anʼanaviy ravishda Horeb togʻi deb hisoblangan joyda — Qadimgi Ahdga koʻra Moisey Qonun lavhalarini olgan joyda qurilgan. Mintaqa xristianlar, musulmonlar va yahudiylar uchun muqaddas hisoblanadi. Monastirda Vizantiya sanʼatining noyob namunalari hamda qoʻlyozmalar toʻplamlari mavjud. Vodiy al-Kiton (Kitlar vodiysi) Fayyum 2005 1186; viii (madaniy) Vodiy al-Kiton kitsimonlarning quruqlikdagi sutemizuvchilardan dengiz sutemizuvchilariga evolyutsiyasini oʻrganish uchun eng muhim qazilma yodgorliklaridan biridir. Qazishmalar natijasida eng qadimgi kitlar turkumi — archaeocetilarning koʻplab, aksari toʻliq qazilma qoldiqlari topilgan. Ular orqa oyoqlarini yoʻqotishning soʻnggi bosqichida boʻlgan. Obyekt, shuningdek, bu hayvonlar yashagan muhit haqida maʼlumot beradi.
Taxminiy roʻyxat Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlardan tashqari, aʼzo davlatlar nomzod sifatida koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan obyektlarning taxminiy roʻyxatini ham yuritishi mumkin. Jahon merosi roʻyxatiga nomzodlar faqat obyekt avval taxminiy roʻyxatga kiritilgan boʻlsa qabul qilinadi. Misr oʻzining taxminiy roʻyxatida 34 ta obyektni saqlab turibdi.