Shabandar masjidi () — Iroqning Bagʻdod muhofazasdagii Bagʻdod shahri Aʼzamiya tumani joylashgan sunniylik masjidi. Milodiy 1902-yilda Iroqdagi nufuzli va badavlat arab savdogarlar oilasi — Shabandarlar tomonidan qurib bitkazilgan. Bu oila xayriya ishlari bilan shugʻullangan va Iroqda bir nechta masjidlar qurdirgan.
Tarixi Usmoniylar imperiyasining soʻnggi davrlariga kelib, Shabandarlar oilasi badavlat savdogarlar sifatida Iroqda katta nufuzga ega boʻlgan. Oila vakillari Bagʻdodning turli hududlarida bir nechta masjid qurdirgan. Ular orasida Aʼzamiya hududida joylashgan Shabandar masjidi ham bor.
Masjid 1902-yilda xayriya ishlari bilan shugʻullangan Mahmud Ibrohim ash-Shabandar tomonidan qurdirilgan. Binoning umumiy maydoni 300 m2 boʻlib, asosiy namozxona bir vaqtning oʻzida kamida 140 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Musalla esa kamida 50 nafar namozxonga moʻljallangan.
1906-yilda Mahmud Ibrohim ash-Shabandar vafot etgan va masjid bogʻiga dafn qilingan. Masjid 1938-yilda kapital taʼmirlangan. Hozirda masjidning vaqf mulklari mavjud emas. Uni taʼmirlash va tiklash xarajatlari hozirgi kunda Shabandarlar oilasi vakili Sayyid Said Ibrohim ash-Shabandar tomonidan qoplanadi.
Masjidda muhtojlar uchun ajratilgan turar joy hamda masjid bogʻida joylashgan ash-Shabandarlar oilasining kichik xususiy qabristoni mavjud. Shuningdek, bino ostida kichik yertoʻla ham bor.
Yana qarang
Iroqda Islom Bagʻdoddagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Iroqdagi 20-asr masjidlari Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:1902-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar