Al-Imom oilasi (Al-Imom deb ham yoziladi; , ) — Misrdagi zodagon va ziyoli oila. Oila aʼzolari Abbosiylar davridan beri tanilgan. Ular Fotimiylar, Ayyubiylar va Mamluklar davrida ham mashhur boʻlgan. Bugungi kunda ham oila oʻz mavqeini saqlab qolgan.
Oila haqida va tarixi Oilaning maʼlum tarixi 1400-yilga borib taqaladi. Oilaning asoschisi — Shayx ul-islom Abu Uday al-Misriy bin al-Imom (903 — 991-yil 31-may). U birinchi boʻlib „Ibn Al-Imom“ deb atalgan. U Misr shayxlarining shayxi va Abbosiylar, keyinchalik Fotimiylar davrida ularning tayanchi edi. Shayx Al-Masriyning nasabi undan oldingi 300 yilga qadar maʼlum. Shu sababli oilaning maʼlum tarixi 1400-yilgacha yetib boradi. Oila Misrlik Koptlar nasabidan kelib chiqqan.
Abu Uday al-Masriy ibn Al-Imom vafotidan keyin koʻp oila aʼzolari yuqori lavozimlarni egallashadi. Ularning aksariyati sud sohasida edi. Oilaning oltin davri Mamluklar zamoniga toʻgʻri keladi. Oʻsha paytda ular Misrdagi qozilik va noiblik lavozimlarining koʻpchiligini egallagan.
Sulton Qansuh al-Gʻuri davrida oila siyosiy va harbiy hokimiyatning eng yuqori choʻqqisiga chiqadi. Bu paytda oilaning ikki vakili hokimiyat lavozimlaridan birida oʻtirgan edi. Ular Amir Alo ad-Din ibn al-Imom va uning akasi, qozi Saʼd ad-Din ibn Al-Imom edi. Amir Alo ad-Din ibn Al-Imom bir vaqtning oʻzida yirik lavozimlarni egallagan, jumladan: maxsus ishlar nazoratchisi, Amir al-haj, vaqflar nazoratchisi, qoʻshinlar nazoratchisi va saltanat sirkotibiIbn Iyas (1982). بدائع الزهور في وقائع الدهور. Misr Umumiy Kitob Boshqarmasi. 5-qism. 239-bet. Asl nusxadan 2024-02-07 sanasida arxivlangan..
Amir Alo ad-Din „Abu Al-Ustul“ (flot otasi) laqabi bilan ham tanilgan. Sulton al-Gʻuri unga yangi Misr flotini qurishni topshirgan. U zamonaviy va kuchli flot tuzadi. Bir muddat flotga oʻzi ham qoʻmondonlik qiladiIbn Iyas (1984). بدائع الزهور في وقائع الدهور. Misr Umumiy Kitob Boshqarmasi. 4-qism. 142–143-betlar. Asl nusxadan 2024-02-07 sanasida arxivlangan..
Keyin u Hijozga ketadi. U yerda isyonkor arablarga qarshi muvaffaqiyatli harbiy yurishlar qiladi. Shuningdek, Hijozda qurilish ishlarini ham olib boradi. Safari davomidad Badr hududida muqaddas Badr quduqini qayta quradiJuan Goytisolo (2018). In Spanish Orientation (Islamic Annals). Insutite français d’archéologie orientale. 40-qism. 96-bet. . Asl nusxadan 2024-02-07 sanasida arxivlangan.Abdul Qadir bin Muhammad Al-Jaziri Al-Hanbali (2002). الدرر الفرائد المنظمة في أخبار الحاج وطريق مكة المعظمة. Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyah. 2-qism. 168-bet. Asl nusxadan 2024-02-07 sanasida arxivlangan..
Uning akasi Saʼd ad-Din ibn Al-Imom sulton Devonining qozisi etib tayinlangan edi. U ham akasi kabi sultonning eng yaqin kishilaridan biri boʻlgan.
XVIII asrda Mamluklar saltanati qulab, Misr usmonlilar qoʻliga otadi. Al-Imom oilasi Dumyot va Daqahliyadagi bir qancha yirik hududlarni boshqaruvga oladi. Ularning eng mashhurlari Mit el-Shuyux va Mit Tarif hududlaridir. Bu hududlarni bugungi kunda ham el-Emam oilasi boshqaradi.
Taniqli aʼzolari alt=Hasan al-Imom|thumb|270x270px|Hasan al-Imom Abu Uday al-Misriy bin al-Imom — oila asoschisi, Shayx ul-islom. Misr shayxlarining shayxi boʻlgan. Abbosiylar va Fotimiylar davrida ularning tayanchi edi. Qozi Abdul Latif ibn al-Imom — Mahallat ul-Kubro qozisi. Qozi Abu Bakr ibn al-Imom — Samannud qozisi. Qozi Muhib ibn al-Imom — Mahalla al-Kubro qozisi, qozilar qozisining (bosh qozining) noibi va din olimi. Qozi Zayn ad-Din Abdurahim ibn al-Imom. Qozi Abdulqodir ibn al-Imom. Qozi Saʼd ad-Din ibn al-Imom — sulton devoni qozisi.
Manbalar
Turkum:Misr madaniyati Turkum:Misrlik oilalar