Musulmonlar astronomiya idorasi — 1271-yilda Yuan sulolasi imperatori Xubilayxon hukmronligi davrida Xitoy imperiyasida tashkil etilgan muassasa. Idoraga Pekinda asli buxorolik boʻlgan falakiyotshunos olim Jamoliddin Buxoriy tomonidan asos solingan boʻlib, anʼanaviy Xitoy astronomiya idorasi bilan teng ravishda faoliyat yuritgan. Har ikkala idora ham Maxfiy yozuvlar va kitoblar boshqarmasiga boʻysungan. Muassasa oʻz rasadxonasiga hamda asosan forslar va arablardan iborat 40 nafarga yaqin olim va maʼmurlar jamoasiga ega boʻlgan. Idora Sin sulolasi davriga kelib, yaʼni 1656-yilda faoliyatini tugatgan. Deyarli toʻrt asr davomida faoliyat yuritganiga qaramay, ushbu idora haqida juda kam yozma manbalar saqlanib qolgan. Umuman olganda, davlat uchun ahamiyatli boʻlishiga va Yuan imperiyasi davrida islom-xitoy madaniy almashinuvi tarixida muhim oʻrin tutishiga qaramay, Musulmonlar astronomiya idorasining faoliyati Xitoy anʼanaviy astronomiyasi uslublari va jarayonlariga kuchli taʼsir koʻrsata olmagan.
Manbalar
Turkum:Oʻrta asrlar islom olamida astronomiya