Tenili (, ) — anʼanaviy Gruziya tolali pishlogʻi boʻlib, mamlakatning MesxetiSergi Makalatia (1938) Mesxet-Javaxeti: istoriul-etnograpiuli narkvevi, Indiana University, p. 75Ivan Rasstegaev (2017) Gruzinskaya kuxnya, p. 27, , 5040924968 mintaqasida tayyorlanadi. Tenili pishlogʻi barcha gruziya pishloqlari ichida eng murakkab ishlab chiqarish texnologiyalariga ega boʻlgan pishloq sifatida maʼlum va YUNESKOning jahon merosi roʻyxatiga kiritilganDongying Wei (2020) Global Geographical Heritage, p. 8, , 9811549567.
Tarixi Tenili pishlogʻi Gruziyaning Samtsxe-Javaxeti mintaqasidagi xonadonlarda va sut mahsulotlari kompaniyalari tomonidan kichik hajmlarda ishlab chiqariladi. Yangi qoʻy suti qaymoq qatlami hosil boʻlguncha tindirib qoʻyiladi. Bu qaymoq ustidan olinadi va sut 24 soatga tindiriladi. Pishloqni „oʻrim“ qilish jarayoni choʻzish va bukish orqali, doimiy ravishda issiq zardobga botirib turish orqali amalga oshiriladi; bu bosqich 25 daqiqacha davom etadi. Pishloq massasi mayda tolalarga aylangach, u sovuq suvga botiriladi, bunda tolalar bir-biriga yopishib qolmasligiga eʼtibor beriladi. Keyingi bosqichda pishloq 15 daqiqa davomida tuzli suvda qoldiriladi. Shundan soʻng pishloq ortiqcha suyuqlik oqib ketishi va biroz qurishi uchun 10 soatga yogʻoch tayoqqa osib qoʻyiladi. Soʻngra tolalar kesiladi va dastlabki ishlab chiqarish jarayonida ustidan olingan qaymoq bilan qoplanishidan oldin, bir yoki ikki kun davomida sochiq bilan yopilgan holda stol ustida qoldiriladi. Yakuniy bosqich — pishloqning loydan yasalgan idishda yetilishi boʻlib, unda havoli boʻshliqlar qolmasligi uchun pishloq yaxshilab zichlab joylanadi (pishloq nomi ham shundan kelib chiqqan). Keyin idish agʻdarilgan holda, ogʻzi kul bilan qoplangan taxta ustiga qoʻyiladi, kul tashqariga chiqqan qaymoqni oʻziga shimib oladi. Shu holatda pishloq taxminan ikki oy davomida yetiltiriladiChitadze & Dundua, et al. (2022) Georgia: Agritourism guide to Samtskhe-Javakheti, Food & Agriculture Org. p. 22, Tenili: local cheese from Samtskhe-Javakheti TasteAtlas.
Yana qarang Chkinti Guda pishlog‘i
Izohlar
Manbalar