Tura (arabcha: طرة — Tora; , koptcha: ⲧⲣⲱⲁ, qadimgi yunoncha: Τρωια yoki Τρωη) — Qadimgi Misrda ohaktoshlar qazib olinadigan asosiy kon boʻlganGrimal, Nicholas. A History of Ancient Egypt. p. 27. Librairie Arthéme Fayard, 1988. Qadimgi misrliklar Troyu yoki Royu deb atagan ushbu joy hozirgi Qohira va Helvon shaharlari oʻrtasidagi masofaning taxminan oʻrtasida joylashganGrimal, Nicholas. A History of Ancient Egypt. p. 111. Librairie Arthéme Fayard, 1988. Uning qadimgi misrcha nomini qadimgi yunon geografi Strabon notoʻgʻri talqin qilib, bu yerda troyaliklar yashagan deb hisoblagan. Shu sababli keyinchalik bu hududdagi ellinistik shaharga Troia nomi berilgan. Ushbu joy hozirgi Qohira muhofazasidagi Tura shahri yaqinida joylashganTalbert, Richard. Barrington Atlas of the Greek and Roman World. p. 74. ().

Ushbu kondan qazib olingan ohaktosh taxminan 42 million yil avval, Eotsen epoxasining kechki Lutetiy bosqichida hosil boʻlgan Mokattam formatsiyasi tarkibiga kiradi, deb hisoblanadi. Konda topilgan ayrim qazilma baliq turlari ilmiy jihatdan tavsiflangan.

Qadimgi konchilik shahri

Tura ohaktoshi Misrdagi barcha konlar orasida eng sifatli va eng oq ranglisi boʻlgan. Shu sababli undan eng boy kishilarning maqbaralarini qoplash uchun toshlar tayyorlanganTura Accessed 2009-06-16, shuningdek, odatda xom gʻishtdan qurilgan mastabalarning pollari va shiftlarini qoplashda ham foydalanilganHelwan Accessed July 28. Tura ohaktoshi Qadimgi podsholik davridayoq ishlatilgan. Undan Sneferuning „Romb shaklidagi piramidasi“ yoki Qiyshiq piramidaGrimal, Nicholas. A History of Ancient Egypt. p. 109. Librairie Arthéme Fayard, 1988, Xufuning Buyuk piramidasiGreat Pyramid Accessed July 28, 2006, Qadimgi podsholik davridagi koʻplab zodagonlarning sarkofaglariGrimal, Nicholas. A History of Ancient Egypt. p. 129. Librairie Arthéme Fayard, 1988, Oʻrta podsholik piramidalariGrimal, Nicholas. A History of Ancient Egypt. p. 177. Librairie Arthéme Fayard, 1988 hamda Yangi podsholik davrida qurilgan ayrim ibodatxonalar bunyod etilishida foydalanilgan. Bu ibodatxonalarni, jumladan, Yahmos I qurdirgan boʻlishi mumkin. U Tura ohaktoshidan Memfisdagi Ptax ibodatxonasi va Fivadagi Amunning Janubiy haramini qurishni boshlashda foydalangan boʻlishi mumkinGrimal, Nicholas. A History of Ancient Egypt. p. 200. Librairie Arthéme Fayard, 1988.

Tura ohaktoshi yer qaʼrining chuqur qatlamlarida joylashgan edi. Shu sababli konchilar ochiq usulda qazish oʻrniga, yirik tosh boʻlaklarini ajratib olish uchun tunnellar qazishgan va hosil boʻlgan gʻorlarning qulab tushmasligi uchun ayrim ohaktosh qismlarini tayanch sifatida qoldirishganMasara va Tura konlari Accessed July 28, 2006. 1941-yilda Britaniya qoʻshinlari ushbu tunnellarni oʻrganishgan. 35-kon hududida ishchilar Origen va Ko‘r Didimusning asarlariga tegishli bir-biridan ajralib qolgan koʻplab kitob daftarlarini topishgan. Ularning ikkalasi ham Iskandariyada faoliyat yuritgan Cherkov otalari qatoriga kiradi. Topilmalarni aniqlagan ishchilar ularni oʻgʻirlashgan. Ayrim qoʻlyozmalar hukumat idoralari tomonidan musodara qilingan boʻlsa-da, aksariyati hanuzgacha topilmagan va vaqti-vaqti bilan qadimiy buyumlar bozorida paydo boʻlib turadi. Asl kitoblarning ayrimlari 480 sahifagacha boʻlgan boʻlishi mumkin, deb hisoblanadiTuradagi qoʻlyozmalar topilmasi Accessed July 28, 2006.

Ikkinchi jahon urushi davrida Britaniya qoʻshinlari gʻorlarni turli maqsadlarda foydalanishga moslashtirgan. Dastlab ularda oʻq-dorilarni ham oʻz ichiga olgan turli xil jihozlar saqlanganPlayfair, Vol. I, page 65.. 1942-yilda esa gʻorlarni Qirollik havo kuchlari (RAF) samolyot dvigatirlarini taʼmirlash uchun bombalardan himoyalangan ustaxona sifatida ishlatish maqsadga muvofiq, deb topilgan. 1942-yil 22-avgustda Uinston Cherchill 111-sonli texnik xizmat koʻrsatish boʻlinmasi tarkibidagi dvigatirlarni taʼmirlash boʻlimini borib koʻrgan. U tashrifidan soʻng quyidagilarni qayd etgan: „Joyning oʻzida hamma narsa juda tartibli va samarali tashkil etilgandek koʻrindi, kecha-yu kunduz koʻplab malakali ishchilar katta hajmdagi ishlarni bajarayotgan edi. Biroq men faktlar va raqamlar keltirilgan jadvallarimga qarab, qoniqmadim. Ish koʻlami juda kichik edi“Churchill, Winston. The Second World War, Vol IV, The Hinge of Fate, Chapter XXIX, p468. Gʻorlardan RAF samolyotlari dvigatirlarini taʼmirlash uchun foydalanish 1945-yilgacha davom etgan.

Paleontologiya Ushbu kondan dengizda yashagan nurqanotli baliqlarning bir nechta qazilma taksonlari tavsiflangan. Ular orasida ikkita kambala turi — Eobuglossus va Turahbuglossus, Haemulidae oilasiga mansub Kemtichthys turi, yoʻqolib ketgan Mylomyrus urugʻiga mansub Mylomyrus frangens nomli ilonbaliq hamda tangachalari boʻlmagan va aniq tasnifi belgilanmagan Blabe nomli Percoidei kenja turkumiga mansub baliq bor. Bu baliqlarning barchasi taxminan 48,6–37,2 million yil avval, Oʻrta eotsen davrida ushbu hududni qoplagan dengizlarda yashagan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Misrdagi arxeologik maskanlar Turkum:Konlar