Abu Mansur Muvaffaq Haraviy (arab/fors: ) X asr fors tabibi edi..
U (hozirgi) Afgʻoniston hududidagi Hirotda, 961–976-yillarda hukmronlik qilgan Somoniy shahzodasi Mansur I davrida yashab ijod qilgan.
Abu Mansur fors tilida materia medica (dori-darmon moddalariga oid) haqida risola tuzishni oʻylab topgan birinchi olim boʻlgan. Zaruriy maʼlumotlarni toʻplash uchun u Eron va Hindiston boʻylab sayohat qilgan.
Abu Mansur natriy karbonat bilan kaliy karbonatni farqlagan va, chamasi, mishyak oksidi, mis (II) oksidi, kremniy kislotasi va surma haqida maʼlum bilimga ega boʻlgan. U mis va qoʻrgʻoshin birikmalarining toksikologik taʼsirini, suyuq ohakning tuk toʻkuvchi xususiyatini, gipsning tarkibini va uning jarrohlikdagi qoʻllanilishini bilgan.
Al-Abniya kitobi
968–977-yillar oraligʻida Muvaffaq oʻzining (Kitab al-Abniya an Haqaiq al-Adviya, ) asarini yozgan, u yangi fors tilidagi eng qadimgi nasriy asar hisoblanadi. Shuningdek, bu bizgacha yetib kelgan uning yagona asari hamdir. Kitob umumiy farmakologiya nazariyasiga bagʻishlangan kirish qismi bilan boshlanadi. Asarning asosiy qismida besh yuzdan ortiq dori vositasi bayon etiladi (ularning aksariyati oʻsimliklardan olingan, biroq yetmish beshtasi mineral, qirq toʻrttasi hayvonlardan olinadi), ular oʻzlarining fiziologik taʼsiriga koʻra toʻrt guruhga boʻlingan. Muvaffaq yuksak darajadagi olim boʻlib, arab, yunon, suryoniy va ayurved manbalariga tayangan.
Bizda saqlanib qolgan ushbu kitobning eng qadimgi nusxasi 1055-yilga oid boʻlib, mashhur shoir Asadiy Tusiy tomonidan koʻchirilgan va u Avstriya Milliy kutubxonasida saqlanadi.
Manbalar
Turkum:Eronlik tabiblar