Daniel Farke (1976-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) — germaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Farke Angliya Premyer-ligasining „Leeds United“ klubi bosh murabbiyi.
Farke futbolchilik faoliyatining asosiy qismini „SV Lippstadt“ klubida oʻtkazgan va murabbiylik ishini ham aynan shu yerda boshlagan. „Borussia Dortmund II“ jamoasidagi davridan soʻng, u toʻrt yil davomida „Norwich City“ jamoasini boshqargan va ikki marta EFL Chempionship musobaqasida gʻolib chiqqan. 2022-yilning yanvar oyida Rossiya Premyer-ligasining „Krasnodar“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq ikki oy oʻtib, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan isteʼfoga chiqqan. Shundan soʻng u Bundesliganing „Borussia Mönchengladbach“ klubini bir mavsum boshqargan, keyin esa EFL Chempionship hamda Premyer-ligada ishtirok etuvchi „Leeds United“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Murabbiylik faoliyati Krasnodar 2022-yilning 13-yanvarida „Krasnodar“ klubi Farke bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzolangani va u jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini eʼlon qilgan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli u 2-mart kuni murabbiylar shtabining qolgan aʼzolari bilan birga klubni tark etggan. Qishki tanaffus hamda Krasnodar xalqaro aeroportidan harbiy maqsadlarda foydalanilgani bois, u klub boshqaruvida birorta ham oʻyinda ishtirok etmagan.
Shaxsiy hayoti Farkening oʻgʻli Luis Engelns ham professional futbolchi hamda Germaniya yoshlar terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Yutuqlar SV Lippstadt
Oberliga Vestfalen: 2012–13 Vestfalenliga 1-guruh: 2011–12 Norwich City
EFL Chempionship: 2018–19, 2020–21
Leeds United
EFL Chempionship: 2024–25
Shaxsiy
EFL Chempionshipda oyning eng yaxshi murabbiyi: 2018-yil noyabr,,November 2023 2023-yil noyabr, 2024-yil yanvar, 2024-yil fevral, 2024-yil dekabr, 2025-yil fevral EFL Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi: 2020–21 LMA talqini boʻyicha Chempionshipda yilning eng yaxshi murabbiyi: 2021
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:SC Paderborn 07 futbolchilari Turkum:SV Lippstadt 08 futbolchilari Turkum:SV Wilhelmshaven futbolchilari Turkum:Bonner SC futbolchilari Turkum:SV Meppen futbolchilari Turkum:Oberliga (futbol) futbolchilari Turkum:Germaniyalik futbol murabbiylar Turkum:Borussia Dortmund II murabbiylari Turkum:Norwich City F.C. murabbiylari Turkum:FC Krasnodar murabbiylari Turkum:Borussia Mönchengladbach murabbiylari Turkum:Leeds United F.C. murabbiylari Turkum:Oberliga (futbol) murabbiylari Turkum:Regionalliga murabbiylari Turkum:Angliya futbol ligasi murabbiylari Turkum:Angliya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Bundesliga murabbiylari Turkum:Germaniyalik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Angliyadagi muhojir futbol murabbiylari Turkum:Angliyadagi germaniyalik muhojir sportchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Rossiyadagi germaniyalik muhojir sportchilar