Jaslar TV 250px|Jaslar TV logotipi Turi Telekanal (nodavlat, yoshlar uchun) Joylashuvi Nukus, Qoraqalpogʻiston Efir tili Qoraqalpoq tili Ish boshlagan sanasi 2018-yil 21-yanvar Asoschisi Baxitbek Elmanov Vebsayti jaslar.tv
Jaslar TV — Nukusda faoliyat yuritadigan, qoraqalpoq tilida efirga uzatiladigan nodavlat yoshlar telekanali. Telekanal 2018-yil 21-yanvarda Qoraqalpogʻistonda ish boshlagan, bu respublikadagi birinchi nodavlat telekanal boʻlgan.
Tarixi Telekanal Nukus FM radiosining asoschisi, oʻqituvchi va jurnalist Baxitbek Elmanov tashabbusi bilan ochilgan. U radio qoshida yoshlarga moʻljallangan telekanal ochishni niyat qilgan edi. Dastlab telekanal uch oy davomida sinov rejimida efirga uzatilgan, 8-martdan boshlab esa boshlovchilar tayyorlagan kichik ruknlar efirga chiqa boshlagan. Dastlabki koʻrsatuvlar orasida „Men javob beraman“ va „Tet-a-tet“ boʻlgan, keyinchalik „Jaslar live“ va estrada qoʻshiqchilari haqida „Yulduzlar haqida“ koʻrsatuvlari paydo boʻlgan.
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayt
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:Qoraqalpogʻiston Turkum:Nukus