Oy – kalendarlarda foydalaniladigan vaqt oʻlchov birligi hisoblanib, u Oy tabiiy yoʻldoshining Yer sayyorasi atrofida aylanish davriga teng. Bir yil – Grigoriy taqvimida 12 oydan iborat.

Oy (vaqt) – Oyning Yer atrofida bir marta aylanishi davriga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi. Quyidagi turlari farq qilinadi: 1) sinodik O. – Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasidagi (O. kalendariga asos qilib olingan) vaqt, 29 kun 12 soat 44 min. 2,28 sek.; 2) siderik O. – Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati ora-sida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 11,51 sek.; 3) tropik O. – Oyning bir xil astronomik uzunlamalardan utishi orasida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 4,68 sek.; 4) anomalistik O. – Oyning perigeydan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 13 soat 18 min 33,16 sek; 5) ajdar O. – Oyning koʻtarilish tugunidan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 5 soat 5 min. 35,81 sek. Grigoriy kalendarika bir yil 12 oyga boʻlinadi; bunda O.lar 28 (29), 30, 31 kundan iborat boʻladi. Quyosh kalendaridagi (qarang Kalendar) kalendar O. Oy fazalariga bogʻliq boʻlmaydi. Kalendar O. uzunligi ham 28—31 kunga teng boʻladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Grigoriy taqvimidagi oylar: thumbnail|300px|Oylardagi kunlar sonini mushtumlarga qarab aniqlash mumkin. Suratda sariq rangda 31 kunlik oylar;koʻk rangda 30 kunlik oylar;qizil rangda 28 yoki 29 kunlik fevral oyi koʻrsatilgan.

Yanvar – 31 kun Fevral – 28 yoki 29 kun, Kabisa yili boʻyicha Mart – 31 kun Aprel – 30 kun May – 31 kun Iyun – 30 kun Iyul – 31 kun Avgust – 31 kun Sentabr – 30 kun Oktabr – 31 kun Noyabr – 30 kun Dekabr – 31 kun

Yana qarang:

Vaqt o'lchov birliklari

Turkum:Vaqt oʻlchov birliklari

Manbalar