Pushkin — Toshkent metropoliteni Chilonzor yoʻli bekatlaridan biri. Afsonaviy rus adibi Aleksandr Pushkin sharafiga nomlangan. 2 vestibyul va 1 platformali. Platformada 9ta chiroqlar bor, ular oq marmar va smaltadan ishlangan. Bekatda bir nechta panno bo'lib, bittasida Pushkin tasvirlanganСтанция. Ushbu bekatning arxitektorlari: L. Adamov, R. Fayzullaev, A. Tabibov va A. Adilova. Bekatning mramordan tayyorlangan 40 ustunlarning tepa qismi girlyand shamlar shaklida qilingan chiroqlar bilan bezatilgan (rassom I.Lipene). Shunday uslubdagi shamlar platformaga tushirirish devorlariga ham o’rnatilgan. Bekatning devorlarini bronzadan yasalgan pannolar bezatib turipti va ularning birida esa A.S.Pushkin tasvirlangan. Bekatning poli silliq kulrang granit bilan qoplangan. Uning devorlari hamda vestibyuldagi ustunlar oq va pushti rangli mramor bilan qoplangan. Platformaning uzunligi esa 102 metr.

Manbalar