Fatih Terim (; 1953-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Fatih futbolchilik faoliyati davomida „Ceyhanspor“, „Adana Demirspor“ va „Galatasaroy“ jamoalarida toʻp surgan. „Galatasaroy“ klubidagi oʻn bir yillik faoliyati mobaynida u jamoa bilan 1975 va 1979-yillarda Bosh vazir kubogini, 1975-76, 1981-82 va 1984-85-yillarda Turkiya kubogini hamda 1982-yilda Turkiya Superkubogini qoʻlga kiritishga erishgan. Terim Italiyaning „Milan“ va „Fiorentina“ jamoalari, Turkiyaning bir qancha klublari, shuningdek, eng soʻnggi marta 2013-yildan 2017-yilgacha Turkiya milliy terma jamoasini boshqargan.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 80 mamlakatda oʻtkazilgan soʻrovnomada u dunyoning eng yaxshi sakkizta murabbiyi qatoriga kiritildi va 2001-yil 8-yanvarda Germaniyaning Rotenburg shahrida boʻlib oʻtgan marosimda mukofotini qabul qilgan. 2007-yil 25-aprelda Terim Italiya davlati tomonidan „Kommendatore“ ordeniga sazovor boʻlgan. 2008-yilda Terim UEFA yilning eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasiga koʻrsatilgan va „Eurosport“ telekanali uni 2008-yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb tan olgan (in Turkish). Sevilenfrm.com. Retrieved 24 June 2012.. 2008-yil dekabr oyida World Soccer jurnali uni dunyoning yettinchi eng yaxshi futbol murabbiyi sifatida baholadi. Uning turkcha laqabi „İmparator“, italyancha laqabi esa „Imperatore“ boʻlib, ikkala soʻz ham „imperator“ maʼnosini anglatadi.

Shaxsiy hayoti Fatih Turkiyaning Adana shahrida Nuriye va Talat Terim oilasida dunyoga kelgan. Otasi Talat aslida Kipr turki boʻlib, keyinchalik Turkiyaga koʻchib kelgan. U Fulya Terim bilan turmush qurgan. Ularning Merve va Buse ismli ikki qizi bor.

Yutuqlari

Oʻyinchi sifatida Galatasaroy

Turkiya kubogi: 1975–76, 1981–82, 1984–85 Turkiya Superkubogi: 1982

Murabbiy sifatida Turkiya

UEFA Yevropa chempionati yarim finali: 2008

Galatasaroy

UEFA kubogi: 1999–2000 Superliga: 1996–97, 1997–98, 1998–99, 1999–2000, 2011–12, 2012–13, 2017–18, 2018–19 Turkiya kubogi: 1998–99, 1999–2000, 2018–19 Turkiya Superkubogi: 1996, 1997, 2012, 2013, 2019 TSYD kubogi: 1997, 1998, 1999

Davlat mukofotlari

50x50px Italiya Ordine della Stella della Solidarietà Italiana (Italiya birdamlik yulduzi ordeni komandori unvoni; Italiya davlati tomonidan Anqaradagi Italiya elchixonasida oʻtkazilgan qabul marosimida topshirilgan): 2007

Manbalar

Havolalar

Maqola Turk futbol jurnali Fatih Terim Mackolik.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari

Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Turkiyalik futbol murabbiylar

Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:Turkiya Superligasi murabbiylari Turkum:Turkiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:1996-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari Turkum:2008-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari Turkum:2016-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari