Navoiy xalqaro aeroporti  – Navoiy viloyati Navoiy shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. 1962-yilda qurilgan. 2007-yilda aerodrom va havo harakatini boshqarish tizimi qaytadan rekonstruksiya qilingan.

2008-yilda Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi hamda Korean Air aviakompaniyasi oʻrtasida Navoiy aeroporti xususida konsalting xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida kelishuv imzolandiOʻzbekiston Havo yoʻllari.

Korean Air kompaniyasi keyingi 20 yilda aeroportni Markaziy Osiyo habiga aylantirib, 2028-yil qadar yiliga 200 ming tonna yuk va 1 million yoʻlovchi tashishni moʻljallaganDigital Chosunilbo:Hanjin Group to Invest in Uzbekistan as Logistics Center.

Tarixi Navoiy aeroporti 1962-yilda Sovet Ittifoqi davrida ochilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ MAK tashkil etilishi bilan bir qatorda Navoiy aeroportiga xalqaro maqom berildi.

1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Navoiy aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.

2007-yilda aeroportning oʻtkazish qobiliyatini oshirish boʻyicha ishlar olib borildi, uchish-qoʻnish yoʻlagi va taksi yoʻlaklari toʻliq rekonstruksiya qilindi, zamonaviy yoritish tizimi oʻrnatildi va havo harakatini boshqarishning yangi minorasi qurildi.

2009-yilda Koreya havo yo‘llari 10 yillik rivojlanish rejasiga muvofiq aeroportni boshqarishni va modernizatsiya dasturini yanada jadallashtirishni oʻz zimmasiga oldi. Eng yangi uskunalar yordamida yiliga 100 ming tonna yuk tashuvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik havo yuk terminali qurilishi yakunlandi, terminal 2010-yil 12-avgustda foydalanishga topshirildi, shuningdek, 5 ta yuk tashish uchun perron qurildi. Boeing 747-400 samolyotlari olib kelindi. Shuningdek, jami 5 million litrgacha aviatsiya yoqilgʻisi saqlashi mumkin boʻlgan 4 ta qoʻshimcha yoqilgʻi saqlash ombori qurildi. Bu B747-400 kabi 25 ta yirik kemani yonilgʻi bilan toʻldirish uchun yetarli hisoblanadi. 2008-yil avgust oyida Korean Airlines Navoiydan oʻzining birinchi yuk reyslarini amalga oshirdi va 2014-yil holatiga koʻra, chastotalar ortishi tufayli Vena, Milan, Brussel (BRU), Saragosa (ZAZ), Seul—Inchxon, Xanoyga (HAN) haftalik 10 ta Boeing 747-400F va Boeing 777 reysini amalga oshirmoqda.

Oʻzbekiston havo yoʻllari 2009-yil may oyida Navoiy aeroportida yuk tashish faoliyatini boshlagan va 2014-yil holatiga koʻra, Korean Airdan lizingga olingan Airbus 300-600 yuk samolyotlarida Dehli, Dubay, Istanbul, Bishkek, Tyanszin, Aqtoʻbe, Dakka shaharlariga haftasiga 34 ta reys amalga oshirilmoqda. Navoiy aeroportida 3 ta aviakompaniya 8 ta davlatning 9 ta shahriga, jumladan, yoʻlovchi qatnovlarini amalga oshiradi va yangi yoʻnalishlar yaratish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.

2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Navoiy aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.

2024-yil 12-dekabrda imzolangan PQ-430-sonli prezident qarori bilan Navoiy aeroportining yuk terminalini xususiy sektor boshqaruviga berish hamda 2025-yil 1-sentyabrga qadar Zarafshon aeroporti faoliyatini Navoiy xalqaro aeroporti filiali sifatida qayta tiklash belgilangan.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Statistika +Navoiy xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarYoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2023 26 350 2 045 2024 48 748 85,0% 3 027 48,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 49 110 0,7%

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1991-yil 23-martda Oʻzbekiston SSR Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Samarqand birlashgan aviaotryadi tomonidan amalga oshirilgan Toshkent – Navoiy yoʻnalishida uchgan An-24RV samolyoti (bort raqami: CCCP-46472) qoʻnish paytida yuqori tezlikda uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi va qurilish maydonchasiga urilib, butunlay vayron boʻldi. Samolyot bortidagi 63 kishidan (59 yoʻlovchi va toʻrt nafar ekipaj aʼzosi) 34 nafari halok boʻldi.

Manbalar

Havolalar Navoiy xalqaro aeroporti Veb-sahifa: www.navoi-airport.com

Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari Turkum:Navoiy viloyati bino va inshootlari