Fahriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov (1926-yil 1-sentyabr, Qibray – 2007-yil 8-sentyabr) – xofiz, bastakor, shoir. Oʻzbekiston xalq xofizi.
Hayoti Fahriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov 1926-yil 1-sentyabrda Toshkent viloyati Qibray tumaning Qibray shaharchasida tugʻilgan. Yoshlik yillari qatagʻon davrlariga toʻgʻri kelib Ukraina hududlariga oilasi bilan surgun qilingan. Onasi 32 yoshida oʻsha yerda kasallikdan vafot etgan. Dutor chalishni otasidan, skripka chalishni musiqa ustozi Rahimjon Ikromovdan oʻrgangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan. Urushdan keyin Oʻzbekistonga qaytib kelgan.
Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng xofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. 1950–1953-yillarda Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan. 1946–1961-yillarda Oʻzbekiston radioqoʻmitasida, 1961–1986-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritgan.
Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va ashulalar – „Ishqingda zor oʻldim“ (Noqis gʻazali), „Naylaram“ (Xislat), „Jamoling“, „Sochining savdosi tushdi“ (Bobur), „Onam derman“ (Yo. Mirzo), „Qaydasan“ (Bobrahim Mashrab), „Oʻzbegim“ (Erkin Vohidov), „Ey, muhabbat“ (Poʻlat Moʻmin), „Umr oʻtmoqda“ (Toʻra Sulaymon), shuningdek, mumtoz („Chorgoh“, „Bayot“ kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari („Munojot“, „Sodirxon Ushshogʻi“ va boshqalar) oʻrin olgan. Uzoq yillik ijodiy faoliyati natijasida 400 dan ortiq qoʻshiqlar yaratgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Fahriddin Umarov 2007-yil 8-sentyabrda vafot etgan"Umarov Faxriddin Asilpoʻlat oʻgʻli" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. +QoʻshiqlariYilNomiShoirBastakorIshqingda zor oʻldimNoqisNaylaramXislatJamolingBoburSochining savdosi tushdiOnam dermanYo. MirzoQaydasanBobrahim MashrabOʻzbegimErkin VohidovEy, muhabbatPoʻlat MoʻminUmr oʻtmoqdaToʻra SulaymonFalakYona-yona keldim18 ga kirmagan kim borMoʻminga shifoFarzandimIltimosga kuning qolmasinXalqim Oilasi Jamoliddin Umarov – oʻgʻli. Jamoliddindan tashqari yana 5 nafar farzandi bor. Unvon va mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1964-yil); Oʻzbekiston xalq hofizi (2002-yil); Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil); Xotirasi 2021-yil Qibray tumani „Doʻrmon“ madaniyat saroyida „Meni yod et“ deb nomlangan xotira kechasi oʻtkazildi. 2021-yilda Toshkent viloyat markazida Faxriddin Umarov nomidagi sanʼat ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida prezident Sh. Mirziyoyev qarori imzolangan. Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar