thumb|right|200px Rozett toshi — 1799-yil Misrda, Aleksandriyadan uzoq boʻlmagan, Rozetta (hozir Rashid) shahridan topilgan granit plita. Unda maʼno jihatidan bir xil 3 ta matn bitilgan. Shulardan ikkitasi qadimgi misr tilida, bittasi qadimgi grek tilida.

Qadimgi grek tili lingvistlarga yaxshi tanish boʻlgan va ushbu 3 ta matnni taqqoslash bilan misr Iyerogliflarini oʻrganish boshlanadi. 1802-yildan Rozett toshi Britan muzeyida saqlanadi.

Oʻlchamlari: 118×77×30 sm; massasi — 750 kg ga yaqin.

Manbalar

Turkum:Yozuv Turkum:Nil deltasi Turkum:Memfis