Montà — Italiyaning shimoli-g'arbida, Piemont mintaqasidagi Kuneo provinsiyasida joylashgan kichik kommunadir. U Roero deb ataladigan tarixiy-geografik hudud tarkibiga kiradi. Maydoni 26,82 km², dengiz sathidan balandligi 316 metrni tashkil etgan bo'lib, aholisi 2026-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 4ming 649 kishi. Rasmiy tili italyan tili hisoblanadi.
Tarixi Montà juda qadimiy tarixga ega. Taxminan X asrda aholi punkti shakllana boshlagan. 1257-yilda Asti shahri bilan bog'liq urushlar natijasida atrofdagi ayrim kichik manzilgohlar vayron qilingan va aholisi Montàga ko'chgan. 1363-yilda Montà feodal mulki Roero oilasi tomondan sotib olingan. 1691-yil 7-iyulda fransuz qo'shinlari shaharchani talon-taroj qilib, ko'plab uylarni yoqib yuborgan. Bu voqea bugungi kunda ham mahalliy sentabr bayramida yodga olinadi.
Montà haqida qiziqarli faktlar Mahalliy aholisi italyan tilida Montatesi deb ataladi. Hududning homiysi Avliyo Antoni Abbot hisoblanadi. Uning bayrami 17-yanvarda nishonladi. Montà Italyadagi "Wine Cities" (Vino shaharlari) uyushmasiga kiradi. Hududning eng katta boyliklaridan biri - Roero tabiiy landshaftidir.
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari
Turkum:Cuneo provinsiyasi kommunalari