Daniya (dancha: Danmark), Daniya qirolligi (dancha: Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoli-gʻarbidagi davlat, Yutlandiya yarimorolining katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydoni — 43094 km (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi — 5 982 117 kishi (2024). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. Daniya aholisi 2023-yil 1-oktyabr maʼlumotlariga koʻra, 5 804 228 kishini tashkil etdi.aholisi 6 millionga yaqin; Kopengagenda (poytaxt mintaqasida 1,9 million) istiqomat qiladi. Bu Daniya Qirolligining metropolitan qismi va eng koʻp aholisi boʻlgan qismi, konstitutsiyaviy unitar davlat boʻlib, Shimoliy Atlantika okeanidagi Farer orollari va Grenlandiya avtonom hududlarini oʻz ichiga oladi. Metropolitan Daniya Skandinaviya eng janubiy qismi boʻlib Shvetsiyaning janubi-gʻarbiy va janubida Norvegiyaning janubida, va Germaniyaning shimolida, u bilan qisqa chegaraga mavjud. Daniya Qirolligi, Farer orollari va Grenlandiyani oʻz ichiga olgan holda, maydoni 100 kvadrat metrdan (1100 kvadrat fut) kattaroq boʻlgan taxminan 1400 orolga ega; 443 tasiga nom berilgan va 78 tasi istiqomat qiladi. Daniya aholisi 6 millionga yaqin, shundan taxminan 40% Daniyadagi eng katta va aholi gavjum orol boʻlgan Zelandiyada yashaydi; Kopengagen , Daniya qirolligining poytaxti va eng yirik shahri, Zelandiya va Amagerda joylashgan. Asosan tekis, haydaladigan yerlardan tashkil topgan Daniya qumli qirgʻoqlari, past balandligi va motadil iqlimi bilan ajralib turadi . Daniya Daniya qirolligida gegemon taʼsir koʻrsatadi va boshqa tarkibiy tuzilmalarga ularning ichki ishlarini boshqarish uchun vakolatlarni beradi . Farer orollarida 1948-yilda uy boshqaruvi oʻrnatildi; Grenlandiya 1979-yilda uy boshqaruviga, 2009 yilda esa avtonomiyaga erishdi.

Birlashgan Daniya Qirolligi miloddan avvalgi VIII asrda Boltiq dengizini nazorat qilish uchun kurashda dengiz kuchi sifatida paydo boʻldi. 1397 yilda Norvegiya va Shvetsiya bilan Kalmar ittifoqini tuzdi . Bu ittifoq 1523-yilda Shvetsiya ajralib chiqgunga qadar davom etdi. Qolgan Daniya-Norvegiya Qirolligi XVII asrda bir qator urushlarni boshdan kechirdi, bu esa keyingi hududiy boʻlinishlarga olib keldi . XIX asrdagi millatchilik harakatlarining koʻtarilishi 1848-yildagi Birinchi Shlezvig urushida magʻlubiyatga uchradi. 1849-yil 5-iyunda Daniya Konstitutsiyasining qabul qilinishi mutlaq monarxiyani tugatdi va hozirgi parlament tizimini joriy qildi.

Daniya XIX asr oʻrtalarida sanoatlashtirishni boshladi va asosiy qishloq xoʻjaligi eksportchisiga aylandi. U XX asr boshlarida ijtimoiy va mehnat bozorida islohotlarni amalga oshirib, hozirgi farovonlik davlat modeli va ilgʻor aralash iqtisodiyot uchun asos boʻldi . Birinchi jahon urushi paytida Daniya neytral boʻlib qoldi ; Daniya betarafligi Ikkinchi jahon urushida 1940-yil aprelida Germaniyaning tezkor bosqinchiligi natijasida buzildi. Bosqinchilik davrida 1943-yilda qarshilik harakati paydo boʻldi, Islandiya esa 1944-yilda mustaqilligini eʼlon qildi; Daniya urush tugaganidan keyin 1945-yil may oyida ozod qilindi. 1973-yilda Daniya Grenlandiya bilan birga Farer orollari emas, hozirgi Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻldi; biroq, u oʻz valyutasi, kronni saqlab qolish kabi baʼzi bir rad etish boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Daniya rivojlangan yuqori daromadli iqtisodiyotga, yuqori turmush darajasiga va mustahkam ijtimoiy taʼminot siyosatiga ega rivojlangan mamlakatdir. Daniya madaniyati va jamiyati keng progressiv tenglik va ijtimoiy liberaldir ; Daniya bir jinsli sheriklikni qonuniy tan olgan birinchi davlat edi . Bu NATO, Shimoliy kengash, OECD , EXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti), Yevropa Kengashi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼsischi aʼzosi va Shengen hududining bir qismidir . Daniya oʻzining Skandinaviyadagi qoʻshnilari bilan yaqin siyosiy, madaniy va lingvistik aloqalarni saqlab turadi. Keng konsensusni taʼkidlaydigan Daniya siyosiy tizimi amerikalik siyosatshunos Frensis Fukuyama tomonidan mukammal boshqaruv uchun asos sifatida foydalaniladi; uning „Daniyaga borish“ iborasi mamlakatning ijtimoiy va siyosiy institutlar uchun global model sifatidagi maqomiga ishora qiladi.

Davlat tuzumi Daniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol (qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi.

Tabiati Daniya hududi keng bargli oʻrmonlar zonasida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya yarim oroldagi Ayer-Bavnexoy tepaligi (172 m). Toʻrtlamchi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari saqlanib qolgan. Yutlandiya yarim orol va boshqa orollarning sohillarida qoʻltiqlar va boʻgʻozlar koʻp. Daniyada qazilma boyliklar oz. Kaolin, boʻr, neft, torf, qoʻngʻir kumir, gaz va tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzoq davom etadi. Kishi yumshoq. Fevralda oʻrtacha temperatura 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158 km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon bilan band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse.

Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg .

Tarixi Daniya hududida odam qadim zamonlardan beri yashab kelgan. V—VI asrlarda bu yerga danlar qabilasi kelib joylashgan va VIII asrda ular Daniyadagi asosiy qabilaga aylangan. Mamlakat nomi shu qabila nomidan kelib chiqqan. Daniya davlati IX—X asrlarda shakllangan. XI asr boshlarida Buyuk Knud 1 hukmronligi davrida Angliya va Norvegiya Daniyaga qisqa vaqt qaram boʻlib turdi. Valdemar I (115782), Knud VI (1182-1202) va Valdemar II (1202—41) qirollik qilgan davrlarda Daniya davlati birmuncha mustahkamlangan. Skandinaviya davlatlari orasida Daniya iqtisodiy taraqqiy etgan va siyosiy jihatdan kuchli boʻlgan. 1380 yil D.Norvegiya uniyasi (ittifoqi) tuzilgan. 1397 yil (Margarita davrida) barcha Skandinaviya davlatlari Kalmar uniyasiga muvofiq Daniya qirolligiga qoʻshildi.

XVI asrning 2-yarmidan yirik xususiy yer egaligi rivojlana boshladi. Daniya Boltiq va Shimoliy dengiz savdo yoʻlida muhim geografik oʻrin egallagani tufayli moddiy jihatdan birmuncha fonda koʻrar edi. Boltiq dengizida oʻz hukmronligini mustahkamlash va Shvetsiyani uning tarkibida ushlab turish maqsadida Daniya bilan Shvetsiya oʻrtasida koʻp marta boʻlib oʻtgan urushlar Daniyaning magʻlubiyati bilan tugab, Boltik, dengizida Shvetsiya hukmron boʻlib oldi. XVII asrga kelib Daniyada dastlabki ixtisoslashgan qirol manufakturalari paydo boʻlib, ular davlatning oʻq-dori, qurol-aslaha va harbiy anjomga boʻlgan ehtiyojini qondirib turdi.

1660 yil Daniya davlati merosiy monarxiya deb eʼlon qilindi. Frederik III (1648—70 yillarda idora qilgan) tomonidan eʼlon qilingan qonun (1665) Daniya absolyut monarxiyaga aylanganini yuridik jihatdan tasdiqladi. Rigsrod (yirik feodallar organi) bekor qilinib, rigsdag (tabaka vakillari majlisi) ham chaqirilmaydigan boʻldi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 1751—70 yillarda hukumatga boshchilik qilgan graf Bernstorf utkazgan merkantilizm siyosati Daniyaning xoʻjalik ahvolini ogʻirlashtirdi.

Napoleon urushlarida Fransiya tomonida urushda qatnashgan Daniya magʻlubiyatga uchrab, birmuncha hududidan ajraldi va xoʻjaligiga katta zarar yetdi. 1840 yil milliy liberal partiya tuzildi (1870 yil tarqatib yuborildi). 1849 yil iyun konstitutsiyasiga muvofiq Daniya ikki palatali cheklangan monarxiyaga aylandi. Shu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvchi konservativ partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 yillardagi D.Prussiya va 1864 yilgi Avstriya-Daniya urushlaridan soʻng Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgdan ajrab, yagona milliy davlatga aylandi. 70-yillarda Xoyre partiyasi bilan Venstre partiyasi oʻrtasida siyosiy hokimiyat uchun boʻlgan kurashda qishloq sarmoyadorlari manfaatini himoya qilgan Venstre partiyasi gʻalaba qozondi.

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida roʻy bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarishlar 1915 yilgi konstitutsiyada oʻz aksini topdi. Birinchi jahon urushida Daniya betaraf turdi.

1930-yillardagi jahon iqtisodiy buhroni Daniya iqtisodiyotiga katta salbiy taʼsir etdi. 1940 yil aprelda Olmoniya Daniyani bosib oldi va uni oʻzining oziqovqat bazasiga aylantirdi. 1942—43 yillarda mamlakatda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943 yil sentabrda qarshilik koʻrsatish qarakatining rahbar organi hisoblangan Ozodlik kengashi tuzildi. 1945 yil 5 mayda mamlakat toʻla ozod qilindi. D.— 1945 yildan BMT aʼzosi. 1949 yil 4 apreldan Shimoliy Atlantika pakti (NATO) aʼzosidir.

Milliy bayramlari — 16 aprel — Qirolicha tugʻilgan kun (1940), 5 iyun — Konstitutsiya kuni (1849). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 25 yanvarda oʻrnatgan.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Venstre, soʻl liberal partiya, 1870 yilda tuzilgan; Konservativ xalq partiyasi, 1916 yilda tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 yilda asos solingan; Radikal soʻl partiya, 1905 yilda tuzilgan; Daniya sotsial-demokratik partiyasi, 1871 yilda asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Xristian xalq partiyasi, 1970 yilda asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 yil tuzilgan; Daniya xalq partiyasi, 1995 yilda tashkil etilgan. Daniya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 yilda tuzilgan boʻlib, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Shimoliy Yevropa kasaba uyushmalari kengashiga kiradi.

Xoʻjaligi Daniya yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi chetga sotiladi.