Stefani Joanne Angelina Germanotta (; 28-mart, 1986), taxallusi — Lady Gaga () amerikalik xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneridir. Nyu York shahrida tugʻilib oʻsgan Stefani avval Muqaddas Yurak ayollar monastirida, keyin New York Universitetining Tisch sanʼat maktabida tahsil oldi. Manhattan rock musiqa sahnasida ijro etishni boshlab, 2007-yil oxiriga kelib Streamline Records studiyasidan shartnoma imzoladi. Studiya uchun qoʻshiq yozib yurgan Stefanining vokaliga Akon eʼtibor qaratdi va unga Kon Live Distribution leyblidan shartnoma taklif etdi.
Lady Gaga 2008-yili The Fame nomli debut albomini chiqarib, munaqqidlar maqtovi va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xalqaro shuhrat qozondi. Bu albomda butun dunyoga ovoza boʻlgan „Just Dance“ va „Poker Face“ qoʻshiqlari joy olgan. The Fame Ball Tour turnesini boshlab, u 2009-yili „Bad Romance“, „Telephone“ va „Alejandro“ kabi hit ashulalari bor The Fame Monster albomini chiqardi. The Fame Monster muvaffaqiyati ketidan Gaga katta tijoriy foyda keltirgan oʻn sakkiz oylik The Monster Ball Tour turnesida boʻldi. Uning 2011-yilgi Born This Way albomi xalqaro chartlar choʻqqisini egallab, oʻz ichiga „Born This Way“, „Judas“ va „The Edge of Glory“ kabi singllarni oladi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Gaga ijtimoiy yordam va LGBT faollik bilan ham shugʻullanadi.
David Bowie, Michael Jackson, Madonna va Queen kabi musiqachilardan ilhomlangan Lady Gaga kiyimlari, ijrosi va kliplari orqali musiqa sanoatiga qoʻshgan yorqin va serqirra hissasi uchun eʼtibor qozongan. U taqriban jahon boʻylab 23 million albom va 64 million singl sotib, eng koʻp daromad ishlagan qoʻshiqchilar safidan joy olgan. Uning yutuqlari qatoriga beshta Grammy va 13 ta MTV Video Musiqa mukofotlari kiradi. Lady Gaga Billboard jurnalining Yil Artistlari boʻlimida bir necha bor oʻrin olgan, VH1 kanalining Musiqadagi Eng Buyuk 100 Ayol roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda turadi, Forbes va Time jaridalarida dunyoning eng eʼtiborli kishilari roʻyxatlarida eslatilgan. 2011-yili Gaga $25 million ishlab, Billboard jurnalining eng koʻp pul ishlagan artistlari roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi.
Filmografiyasi Film Nomi Yil Rol Izohlar Manba (lar) :en:The Zen of Bennett2012OʻziHujjatli film :en:Katy Perry: Part of Me2012OʻziHujjatli film Machete Kills2013La Chameleón Muppets Most Wanted2014OʻziEpizod rolda :en:Sin City: A Dame to Kill For2014BerthaEpizod rolda :en:Jeremy Scott: The People's Designer2015OʻziHujjatli film
Televideniye Nomi Yil Rol Telekanal Izohlar Manba (lar) 2001 Sinfdosh HBOEpisode „The Telltale Moozadell“Uncredited :en:Boiling Points 2005 Oʻzi MTVUncredited :en:Gossip Girl 2009 Oʻzi The CWEpisode „The Last Days of Disco Stick“Epizod rolda :en:Saturday Night Live 2009 Mehmon NBCEpisode „Ryan Reynolds/Lady Gaga“ Double Exposure 2010 Oʻzi BravoEpisode „No One Can Work Like This“ :en:Lady Gaga Presents the Monster Ball Tour: At Madison Square Garden 2011 Oʻzi HBOTelevision special :en:American Idol 2011 Mentor FoxSeason 10 :en:Saturday Night Live2011Mehmon NBCEpisode „Justin Timberlake/Lady Gaga“ Inside the Outside2011 Oʻzi MTVHujjatli film :en:So You Think You Can Dance2011 Mehmon hakam FoxSeason 8, episode 3 2011 Oʻzi ABCTelevision special :en:Dick Clark's New Year's Rockin' Eve 2011 Oʻzi ABCTelevision special 2012 Oʻzi FoxEpisode „Lisa Goes Gaga“ :en:Opening Act2012 Oʻzi E!Episode „Von & Lady Gaga“ Who the F-k is Arthur Fogel?2013 Oʻzi ePiXHujjatli film :en:Saturday Night Live2013 Musical guest/Host NBC Episode „Lady Gaga“ :en:Lady Gaga and the Muppets' Holiday Spectacular 2013 Oʻzi ABCTelevision special :en:Tony Bennett and Lady Gaga: Cheek to Cheek Live! 2014 Oʻzi PBSTelevision special :en:American Horror Story: Hotel2015-16 Elizabeth Johnson / The Countess FX 12 episodes
Diskografiyasi The Fame (2008) The Fame Monster (2009) Born This Way (2011) Artpop (2013) Cheek to Cheek (2014) Joanne (2016) Chromatica (2020) Harlequin (2024) Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti Lady Gaga YouTube sahifasi Lady Gaga IMDb sahifasi Musiqachi ijrochi
Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar