Termiz ( [Tarmiδ] > Ταρμιδδιγο> qad.-eron. *tara-maiθa- ʻoʻtish qismiʻ)- Surxondaryo viloyatidagi shahar. Amir Temur ordeni sohibi.

Viloyat markazi Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janub qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km uzoqlikda joylashgan. Maydoni 27,8 km². Aholisi 201.6 ming kishidan iborat (2024). Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori temperatura 50-60c°, hozirgi kunda), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16-18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,8-3,6, iyulniki 35-40°. Baʼzida, qishda sovuq — 18° va undan ham past boʻlishi mumkin. Yillik yogʻin 133 mm.Qurbonov, Xolli; Botirov, Ismoil. „“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Termiz shahri logistika uchun strategik nuqta sanaladi.

Tarixi Qadimgi davrda thumb Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qadimiy shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, janubni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlining muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan. Chor-Sutun masjidi — kichik masjid boʻlib, ustunli gumbazli masjidning tipik namunasidir. Masjid Termizning shimoliy qismida, monumental binodan unchalik uzoq boʻlmagan joyda qurilgan boʻlib, uni mahalliy aholi „kyoshk“ — qal’a deb atashgan. XI asr boshlarida masjid yonida Oʻrta Osiyodagi eng qadimiy minora Chor-Sutun minorasi qurilgan. Oʻsha paytda uzoq vaqt tashlab ketilgan masjid xarobalari 1938-yilda V. A. Shishkin tomonidan topilgan. Masjid xarobalar topilgan vaqtda uning devor va ustunlarning faqat pastki qismlari saqlanib qolgan. Saqlanib qolgan qismlarini qayta tiklash orqali masjidning juda gʻayrioddiy boʻlib chiqqan asl qiyofasini tasavvur qilish imkoni paydo boʻldi.

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻhna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. avv. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. Tarixda Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.

Mil. av. 4-III asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qadimiy qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi „Taramastxa“ (baqtriycha „narigi sohildagi manzil“) soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), X asrdan Termiz deb atala boshlagan.

Termiz mil. av. 3-II asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, Yunon-Baqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.

Kushonlar davri Birinchi boʻlib turkmanlar kelgan. Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, Shimoliy Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Masalan, Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (milodiy II asr) xisoblanadi. Oʻsha davrda Termiz Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnintg markazlaridan biri boʻlgan.

Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha davrda Termiz Termizshoxlar hokimligining poytaxti boʻlib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686-704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. X asrda yozilgan „Hudud ul-Olam“ asarida Termiz „Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chagʻoniyon ahli shu yerda savdo qiladi“, deb taʼriflangan. X-XII asrlar 10-XII asr Boshlarida Termiz ravnaq topgan. Toxaristonning yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Bu davrda Termiz hududi 500 gektar dan ortiq, maydonni egallagan. Shaharda bir qancha mahobatli binolar barpo etilgan. Shulardan Eski shahar qismida Termizshohlar saroyi saqlanib qolgan.

Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. Termizda tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha davrda Termiz yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimu ulamolar oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan.

Termiz vaqt-vaqti bilan Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. 1220 yilda Termiz moʻgʻullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“ asarida qayd qilinishicha, Termiz aholisi moʻgʻullarga qattiq, qarshilik koʻrsatgan va shu bois shahar „Madinat ur-ijol“ („Mardlar shahri“) deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng, XIV asrda Termiz Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi. Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz koʻrinishlarida saqlab kelgan. Temuriylar davri Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), Termiz Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407-yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi Termiz qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504-05 yillarda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, XVIII asrning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saqlanib qolgan. XX asr boshlarida thumb 1894-yil Termiz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlogʻida ruslarning mahalliy aholi tomonidan „Tuproqqoʻrgʻon“ deb nomlangan qalʼa istehkomi qurilgan. Hoz. Termiz shu Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan. 1916-yil Buxoro-Qarshi-Termiz temir yoʻl qurilish munosabati bilan Termizning iqtisodiy mavqei oʻsdi. 1917-yilgi davlat toʻntarishidan keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz oʻzining harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotmadi. Bu davrda Termizda katta-katta inshootlar qurildi. Maʼmuriy binolar qad koʻtardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va sanʼat ravnaq topdi.

Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl Termiz orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi.

Termizda dastlabki arxeologik qazishma ishlari B. P. Denike (1926-27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936-38) tomonidan olib borilgan. Eski Termizda arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh. Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi. 2022-yilmay oyida Termiz tuman Doʻstlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ulkan Eraliyev oʻziga tegishli bogʻni sugʻorish va ishlov berish chogʻida sariq metall topib olgan, Termiz arxeologiya muzeyiga murojat qilgan. Mutaxasisilar tekshiruvidan keyin bu qoraxoniylar va saljuqiylar davriga tegishli tilla tanga ekanligi aniqlanganhttps://yuz.uz/uz/news/termizda-fuqaro-bogidan-oltin-dinor-topildi.

1933-yilda Termizda birgina paxta tozalash zdi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va boshqa korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi temir yoʻl vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, „Delfin“ suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, „Alpomish“ majmuasi, markaziy bozor, „Termizning 2500-yilligi“ nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi.

Sanoat Termizda jami 2500 dan ziyod korxona boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi. Taʼlim Termizda 6 ta OTM, akademik litsey, 2 ta musiqa maktabi, fizika-matematika fanlariga ixtisoslashgan maktab-internat bor. Shaharda 21 ta umumiy taʼlim maktablari va bir qancha bolalar bogʻchalari faoliyat yuritadi.

Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim at Termiziy meʼmoriy majmuasidagi „Meros“ tarmoq muzeyi bor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500-yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor (qarang Termiz hayvonot bogʻi).

Termizda 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrinli), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrinli), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybogʻchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, „Ona va bola“ va „Reproduktiv salomatlik“ markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. Termizda 1999-yilda Alpomish dostonining 1000-yilligi, 2002-yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi.

Ushbu qarorlar asosida 2002-yil 2-aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. „Buyuk Ipak Yoʻli“ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan.

Termiz hayvonot bogʻi Termiz hayvonot bogʻi 1934-yilda viloyat oʻlkashunoslik muzeyining tabiat boʻlimi negizida tashkil etilgan. Shu maqsadda muassasaga 20 gektar muhofaza hududi ajratilgan. Hayvonot bogʻida 382 ta ekzotik va noyob hayvonlar, qushlar mavjud. Ularning uchdan bir qismi "Qizil kitob"ga kiritilgan.

Sport Termizda jamoaviy sport turlari ham, yakkakurashlar ham rivojlangan. Termiz shaharda ittifoq chempionatida (1968-yilda tashkil etilgan) ishtirok etgan “Surxon” futbol klubi mavjud. .