Koreya Respublikasi futbol terma jamoasi — Koreya Respublikasini xalqaro futbol o‘yinlari va turnirlarida himoya qiladigan milliy futbol terma jamoasi. Osiyoning eng mashhur va kuchli jamoalaridan biri. Mintaqaning boshqa terma jamoalaridan ko‘ra ko‘proq jahon chempionatlarida (11 marta) maydonga tushgan va Osiyoda jahon chempionatining yarim finalida ishtirok etgan yagona jamoadir. Ikki karra Osiyo chempioni (1956, 1960). Tarixi Koreya Respublikasi birinchi marta 1954-yilgi jahon chempionatida ishtirok etdi. Saralash o‘yinlarida terma jamoa ikki o‘yinli bahsda Yaponiyani mag‘lub etdi (1:5 va 2:2) va birinchi jahon chempionatiga yo‘l oldi. Guruh bosqichida dastlab Koreya Respublikasi terma jamoasi Vengriyaliklar (0:9), keyin esa Turkiyaliklar (0:7) tomonidan mag‘lubiyatga uchradi. Manbalar
Havolalar
Korea Republic at FIFA Korea Republic at AFC
Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari