Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov (1950-yil 1-yanvar, Ishtixon tumani – 2021-yil 15-avgust) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (2006—2021), muftiy.
Biografiyasi 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻsha tuman 57-oʻrta umumtaʼlim maktabida olgan.
1987-yilda Toshkent islom institutini tamomlagan.
1987-2000 - Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidi imom-xatibi.
2000—2006-yillarda Payariq tumani bosh imom-xatibi, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ish yuritgan.
2006-yil yanvarda Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi bosh muftiyi etib saylangan.
2020-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlanganМуфтий Усмонхон Алимовга «Эл-юрт ҳурмати» ордени топширилди
2021-yil 15-avgustda vafot etgan. Ishtixon tumanida dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:Mir Arab madrasasida tahsil olganlar Turkum:Toshkent islom instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Bosh muftiylari Turkum:Oʻzbekistonlik sunniylar