Sharqiy Qozogʻiston viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Respublikaning chekka shimoli-sharqida, Irtish daryosi havzasida. Maydoni 97,3 ming km2. Aholisi 1,395,059 kishi (2012), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, mordva, chuvash va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 65%. 15 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 20 shaharcha bor (2002). Markazi — Oʻstkemen shahri.
Aholisi thumb|250px|Viloyat hokimyati (Oʻstkemen) Viloyatda Qozogʻiston aholisining 9,4 % yashaydi. 59,4 % shaharda 40,6 % qishloqda
Milliy tarkibi +Viloyatning milliy tarkibi(hozirgi kunda):Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv : Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) Aholi soni 1989-yilgiV sovremennix granitsax Vostochno-Kazaxstanskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Semipalatinskuyu oblast % Aholi soni 1999-yilgi % Aholi soni 2010-yilgi % jami 1767225 100,00 % 1531024 100,00 % 1418784 100,00 % Qozoqlar 687879 38,92 % 743098 48,54 % 773233 54,50 % Ruslar 914424 51,74 % 694705 45,38 % 574704 40,51 % Tatarlar 27982 1,58 % 24506 1,60 % 21780 1,54 % Olmonlar 66924 3,79 % 32141 2,10 % 19933 1,40 % Ukrainlar 35702 2,02 % 15969 1,04 % 10420 0,73 % Beloruslar 9085 0,51 % 4524 0,30 % 3212 0,23 % Chechenlar 2790 0,16 % 1690 0,11 % 1714 0,12 % Ozarbayjonlar 1744 0,10 % 1426 0,09 % 1544 0,11 % Uygʻurlar 1491 0,08 % 1389 0,09 % 1450 0,10 % Koreyslar 1553 0,09 % 1574 0,10 % 1441 0,10 % Oʻzbeklar 2346 0,13 % 1203 0,08 % 1175 0,08 % boshqalar 15305 0,87 % 8799 0,57 % 8178 0,58 %
Geografiyasi Sharqiy Qozogʻiston viloyati hududining asosiy qismi Oltoy togʻlarida joylashgan. Irtishning oʻng sohilini tizmalar, yassitogʻlik va soyliklar egallagan. Eng baland joyi viloyatning shimoli-sharqidagi Katun tizmasida (Beluxa togʻi, 4506 m). Muzlik koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 17 °C, —26 °C, iyulniki 19—23 °C. Yillik yogʻin 250–380 mm. Rudali Oltoyda 1000–1500 mm. Asosiy daryosi — Irtish. Eng yirik koʻllari — Marqakoʻl, Zaysan (Buxtarma suv ombori tarkibida). Togʻ oldi tekisliklardagi qoratuproqlarda chalov, har xil oʻtlar, Irtishning chap sohilida toʻq kashtan tuproqlarda chalovbetaga oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarda qayin, togʻterak, terak, oqqaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr oʻrmonlari bor. Togʻoʻrmon mintaqasi moʻynali hayvonlarga boy, koʻllarida baliq turi koʻp. Ondatra, barguzin soboli iqlimlashtirilgan. Mineral buloqlar bor.
Hududiy boʻlinishi
Tumanlar soni — 15 Shahar — 10 * Shahar ahamiyatiga ega shahar — 5 * Viloyat ahamiyatiga ega shahar — 5 Kent — 24 Qishloq — 826
Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tumanlari Abay tumani (Sharqiy Qozogʻiston viloyati) Ayagoʻz tumani Besqaragʻay tumani Borodulixa tumani Glubokoe tumani Jarma tumani Zaysan tumani Ziryan tumani Katon-Qaragʻay tumani Koʻkpekti tumani Kurshim tumani Tarbagʻatay tumani Ulan tumani Urjar tumani Shemonaixa tumani
Viloyat ahamiyatiga ega 6 ta shaharlar: Ayagoʻz (qarang Ayagʻuz) Ziryanovsk Kurchatov Ridder (Leninogorsk) Semey Oʻstkemen
Sanoati
Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — Rudali Oltoy polimetall konlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan rangli metallurgiya. Oʻstkemen (Ust-Kamenogorsk) qoʻrgʻoshin rux, Irtish polimetall, Belogorsk ruda boyitish va Ziryanovsk qoʻrgʻoshin kombinatlari ishlab turibdi. Mashinasozlik, kondensator va priborsozlik zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari (uysozlik, yogʻochsozlik kombinatlari, yigʻma temirbeton zavodlari) sanoatining salmogʻi katta. Yengil (tikuvchilik fabrikasi), oziq-ovqat (moy va pivo zdlari, goʻsht, baliq kombinatlari) sanoatlari ham muhim ahamiyatga ega. Irtishda Oʻstkemen, Ulba, Buxtarma GES-lari ishlab turibdi.
Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik, sut-goʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. Donli ekinlar, kungaboqar, sabzavot, kartoshka ekiladi. Zaysan soyligida obikor dehqonchilik, bogʻdorchilik va qisman, tokchilik bilan shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, baliqchilik, moʻynachilik rivojlangan. Irtishda kema qatnaydi. Temir yoʻl uzunligi qariyb 450 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 7 ming km dan ziyod.
Transport 200px|thumb|right|Temir yoʻli thumb|200px|Avtomobil yoʻli Sharqiy Qozogʻiston viloyatida temir, avtomobil, suv va havo yoʻllari yaxshi rivojlangan. 2005-yili viloyat boʻyicha: avtomobil yoʻlining uzunligi 11830 km temir yoʻlining uzunligi 1203 km suv yoʻlining uzunligi 1084 km boʻldi.
Maorif sohasi 2005-yil Sharqiy Qozogʻiston viloyatida maktabgagacha bolalar mahkamasi 80 ga, undagi bolalar soni 11952 ga yetdi; 2005—2006 oʻquv yilida bilim berishning barcha sohalari boʻyicha oʻquvchilarning soni 331,5 mingtani tashkil qildi, 230,3 mingi umumiy bilim beruvchi maktablarda 13,0 mingi kasb-hunar maktablar va litseylarda 35,4 mingi kolledjlarda 52,8 mingi oliy oʻquv yurtlarida bilim olishadi
Bilim beruvchi mahkamalar 834 maktablar 39 kasb-hunar maktablar 43 kolledjlar 10 oliy oʻquv yurti
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston viloyatlari