300px Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi bayrogʻi Taʼsis qilingan 1952-yil 29 avgust Rad etilgan 1991-yil 18 noyabr Mutanosibligi1:2 Oʻzbekiston.SSR bayrogʻi - Oʻzbekiston SSR timsoli hisoblangan. 1952-yilning 29-avgust kuni taʼsis etilgan.

Bayroq maʼnosi Bayroq oʻrtasidagi havorang rang osmonni, oq liniyalar paxtani, qizil rang esa ishchi qatlamlarning inqilobiy kurashini anglatar edi. Oltin oʻroq va bolgʻa dehqon va ishchilarning birligini, besh qirrali yulduz esa proletariat ramzi edi.

Tarixi Ushbu bayroqdan oldin qizil rangadagi bayroq qoʻllanilib, bayroqning yuqori tepasining chap tomonida sariq oltin rangda kirill yozuvidagi Oʻzbek tilida ''Ӯзбекистон ССР'' va Rus tilida ''Узбекская ССР'' deb yozilgan edi.

1937-yilda va 1940-yillarning boshida yana bir boshqa bayroq, yaʼni qizil rangli bayroqda tepasining yuqori chap tomonida sariq oltin rang bilan lotin yozuvida ''Ozbekistan SSR'' va kirill yozuvida ''Узбекская ССР'' deb yozilgan edi.

1931-yildan to 1937-yilgacha qizil rangli bayroqning yuqori tepasining chap tomonida ''УзССР'' deb yozilgan edi.

1952-1991-yillarda ushbu maqoladagi bayroq Oʻzbekiston SSRda qoʻllangan.

mustaqillikka erishgach, 1991-yilning 18-noyabrida yangi bayroq, yaʼni hozirgi paytgacha qoʻllanilib kelinayotgan bayroq qabul qilingan.

Yana qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi, Oʻzbekiston bayroqlari, Oʻzbek bayroqlari tizmasi

Turkum:Oʻzbekiston SSR Turkum:Oʻzbekiston: Davlat ramzlari

Turkum:1952-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar