Anbiyo surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Sura qiyomat soati yaqinlashib qolgani, odamlar esa u Kundagi hisob-kitobga hozirlanib, yaxshi amallar qilish oʻrniga gʻaflat uyqusiga gʻarq ekanliklari haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻng oʻquvchi eʼtibori koinotdagi har bir mavjudotning oʻta nozik va aniq oʻlchov bilan yaratilib, yakka-yu yolgʻiz Yaratgan tomonidan boshqarib turilishiga qaratiladi va yer-u osmonda Allohdan oʻzga yana biron iloh boʻlsa, u oʻlchov va tartibga putur yetib, borliq buzilib ketishi aniq ekanligi taʼkidlanadi.
Bu surada Ibrohim paygʻambar va u zot bilan butparastlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan mojarolar xususida batafsil hikoya qilinib, oʻzini oʻzi himoya qilishga ojiz boʻlgan jonsiz but-sanamlar birovga yordam qilishi yoki ziyon yetkazishi amrimahol ekanligi uqtiriladi.
Yana bu surada Alloh taoloning paygʻambarlaridan Is'hoq, Yaʼqub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, Idris, Zulkifl, Zunnun, Zakariyyo va Iso alayhissalomlar toʻgʻrisida ham xabarlar vorid boʻlganki, suraning "Anbiyo" — "Paygʻambarlar" deb nomlanishiga ham bois shudir.
Suraning nihoyasida Alloh taoloning soʻnggi paygʻambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha olamga Allohning rahmat-marhamati boʻlib kelganlari zikr qilinadi.
Manbalar
ANBIYO SURASI